Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Migratsiya

Yuz nafar oʻzbekistonlik “Kamaz” korxonasida ishlash uchun Rossiyaga joʻnab ketdi

CC0 / pxhere.com / Stroitelnыe kaski
Stroitelnыe kaski - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ish beruvchi tomonidan fuqarolarga avia chipta, yotoqxona xarajatlari qoplab beriladi va Rossiya hududida ishlash xuquqini beruvchi hujjat rasmiylashtirish, oziq-ovqat toʻlovlari ish xaqidan qisman ushlash sharti bilan amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 13 sen - Sputnik. 100 nafar fuqaro yuk avtomobillarini ishlab chiqarish korxonasiga ishlash uchun joʻnab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Rabochiye na stroitelnoy ploщadke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Migratsiya
Moskvaga 200 ming ishchi migrant yetishmaydi – mer oʻrinbosari
"Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Rossiya Federatsiyasining “Kamaz” ochiq aktsiyadorlik jamiyati oʻrtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi asosida oʻtkazilgan tanlov jarayonlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, tibbiy koʻrik natijalari ijobiy chiqqan 100 nafar fuqarolarimiz yuk avtomobillarini ishlab chiqarish korxonasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda joʻnatildi", - deyiladi agentlik xabarida.
Namangan xalqaro aeroporti orqali vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolar bilan targʻibot ishlari olib borilib, sohaga oid buklet, tarqatma materiallar berilgan.
Maʼlumot uchun, ish beruvchi tomonidan fuqarolarga avia chipta, yotoqxona xarajatlari qoplab beriladi va Rossiya hududida ishlash xuquqini beruvchi hujjat rasmiylashtirish, oziq-ovqat toʻlovlari ish xaqidan qisman ushlash sharti bilan amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0