Moskvaga 200 ming ishchi migrant yetishmaydi – mer o‘rinbosari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRabochie na stroitelnoy ploshadke
Rabochie na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2021
Obuna bo‘lish
Vladimir Yefimov Moskvaga bugungi kunda 200 mingga yaqin ishchi migrant zarurligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Moskva qurilishlarida 200 mingga yaqin ishchi yetishmaydi. Bu haqda shahar Moskva merining iqtisodiyot siyosati masalalar va mol-mulk yer aloqalari bo‘yicha o‘rinbosari Vladimir Yefimov ma’lum qildi.

“Bugungi kunda Moskvaga 200 mingga yaqin migrant yetishmaydi. Va biz umid qilamizki, yaqin kunlarda ularning mamlakatga kirishiga bo‘lgan cheklovlar yumshatiladi”, - dedi Yefimov qurilishlarda ishlayotgan migrantlar yetishmasligi muammosi haqidagi savolga javob berayotib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ishchi kuchi yetishmasligi quruvchilar xizmati narxining oshishiga olib keladi, chunki ular bir-biridan oldin ishchilarga ega chiqishga urinishadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga Rossiya Mehnat vazirining o‘rinbosari Andrey Pudov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurgani xabar qilingandi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekistondan o‘n ming nafar mehnat migrantini charter poyezdlari orqali Rossiyaga olib ketishga kelishish.
Poyezd iz Uzbekistana na jeleznodorojnom vokzale v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
O‘zbekistonlik migrantlar uchun Rossiyaga charter poyezdlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
Yangiliklar lentasi
0