Istoriko-etnograficheskiy park Vechnыy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkovыy put, otkrыlsya v Samarkande. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
SHHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Mirziyoyev SHHT sammiti doirasida Rossiya, Pokiston va Eron yetakchilari bilan uchrashuv oʻtkazadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka oʻtishGosudarstvennыy vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan
Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston rahbari 16-17 sentyabr kunlari Dushanbedagi SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi.
TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-17 sentyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida oʻtkaziladigan SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 13 sentyabr kuni oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Oʻtgan yili SHHT sammiti pandemiya tufayli onlayn formatda oʻtkazilgan, joriy yilda davlat rahbarlari bevosita - offlayn formatda uchrashadilar.
"Sammitning birinchi kuni, 16-sentyabrda, davlatimiz rahbari tashkilotga raislik qilayotgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan, 17-sentyabr kuni esa Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadilar", - deb maʼlum qildi Asadov.
Shuningdek, 17-sentyabr kuni esa davlat rahbarlarining bevosita yigʻilishi oʻtkaziladi, yigʻilish yakunida SHHTga raislik Tojikistondan Oʻzbekistonga oʻtadi, deb qoʻshimcha qildi prezident matbuot-kotibi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev i prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
SHHT-2022: Samarqand sammiti
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon SHHT sammiti doirasida alohida uchrashuv oʻtkazadi
Asadovning taʼkidiga koʻra, koʻplab xorijiy ekspertlar "Mirziyoyev tomonidan keyingi besh yilda olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar hisobga olinsa, Oʻzbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi xavfsizlik va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan turli mintaqaviy xavf-xatarlarning oldini olish nuqtai-nazaridan alohida ahamiyatga ega boʻladi, mamlakatning (SHHTga - tahr.) raisligi juda samarali boʻladi, tashkilot faoliyatini yanada jonlantiradi", deya qatʼiy ishonch bildirishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0