Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ShHT sammiti doirasida alohida uchrashuv o‘tkazadi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev i prezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev i prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan ShHT sammiti doirasida alohida uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi.
TOShKENT, 9 sen – Sputnik. 8 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev birodar Tojikiston prezidenti va xalqini mustaqillikka erishilganining 30-yilligi bilan samimiy muborakbod etib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etdi.
Suhbatda ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Seremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Mirziyoyev va Rahmon Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
Prezidentlar joriy yilning 16-17 sentabr kunlari Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi tadbirlariga tayyorgarlikning borishini ko‘rib chiqdilar, shuningdek, Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.
ShHTning bo‘lajak sammiti doirasida yetakchilar ikki tomonlama va mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan alohida uchrashuv o‘tkazishi yuzasidan kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0