https://oz.sputniknews.uz/20210820/ozbekistonda-urib-tushirilgan-afgon-hhk-samolyoti-uchuvchilari-reanimatsiyadan-chiqarildi-20167344.html
O‘zbekistonda urib tushirilgan afg‘on HHK samolyoti uchuvchilari reanimatsiyadan chiqarildi
O‘zbekistonda urib tushirilgan afg‘on HHK samolyoti uchuvchilari reanimatsiyadan chiqarildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston HHK havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari yakshanba kuni afg‘on harbiy samolyotining havo chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishini oldini olgan edi 20.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-20T14:12+0500
2021-08-20T14:12+0500
2021-08-20T14:12+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/10/20100732_0:218:3032:1924_1920x0_80_0_0_f24da22ad0b6c43ef4040e9803309d25.jpg
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Surxondaryo viloyatida urib tushirilgan Afg‘oniston Harbiy havo kuchlari samolyotining ikki nafar uchuvchisi reanimatsiyadan chiqarildi.Jabrlanganlar hushiga kelgani aytilmoqda.Bu haqda RIA Novosti agentligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filiali xodimi xabar berdi."Ularning holati yaxshilandi, ular jonlantirish bo‘limidan travmatologiya bo‘limiga o‘tkazilgan, ikkalasi ham hushiga kelgan", - deb ta’kidladi tibbiy muassasa xodimi.Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda uchuvchilarning ahvoli o‘rtacha og‘ir deya baholanmoqda.O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 15-avgust kuni respublika HHK havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari afg‘on harbiy borti tomonidan O‘zbekiston davlat chegarasini buzishga urinish holatining oldini olgan.Samolyot Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hududida - Afg‘oniston bilan chegara yaqinida qulagan.Uchuvchilar katapulta qilishga ulgurishgan va Termizdagi klinikaning jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan.O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, 14-avgust kuni 84 afg‘on harbiylari O‘zbekiston bilan chegarani kesib o‘tib, yordam so‘rashgani - ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgani, oziq-ovqat bilan ta’minlanganligi va vaqtincha turar joy tashkil etilgani haqida xabar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210820/ozbek-afgon-chegarasiga-olib-boruvchi-yolda-avtomobillar-harakati-tiklandi-video-20167053.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/10/20100732_301:0:3032:2048_1920x0_80_0_0_89b9b5f6fba654e61603587397a43084.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
O‘zbekistonda urib tushirilgan afg‘on HHK samolyoti uchuvchilari reanimatsiyadan chiqarildi
O‘zbekiston HHK havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari yakshanba kuni afg‘on harbiy samolyotining havo chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishini oldini olgan edi
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Surxondaryo viloyatida urib tushirilgan Afg‘oniston Harbiy havo kuchlari samolyotining ikki nafar uchuvchisi reanimatsiyadan chiqarildi.
Jabrlanganlar hushiga kelgani aytilmoqda.
Bu haqda RIA Novosti agentligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filiali xodimi xabar berdi.
"Ularning holati yaxshilandi, ular jonlantirish bo‘limidan travmatologiya bo‘limiga o‘tkazilgan, ikkalasi ham hushiga kelgan", - deb ta’kidladi tibbiy muassasa xodimi.
Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda uchuvchilarning ahvoli o‘rtacha og‘ir deya baholanmoqda.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 15-avgust kuni respublika HHK havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari afg‘on harbiy borti tomonidan O‘zbekiston davlat chegarasini buzishga urinish holatining oldini olgan.
Samolyot Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hududida - Afg‘oniston bilan chegara yaqinida qulagan.
Uchuvchilar katapulta qilishga ulgurishgan va Termizdagi klinikaning jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, 14-avgust kuni 84 afg‘on harbiylari O‘zbekiston bilan chegarani kesib o‘tib, yordam so‘rashgani - ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgani, oziq-ovqat bilan ta’minlanganligi va vaqtincha turar joy tashkil etilgani haqida xabar berdi.