https://oz.sputniknews.uz/20210910/yalongoch-ayolni-soroq-qilgan-jurnalist-tanqidga-uchradi-20447670.html
Yalong‘och ayolni so‘roq qilgan jurnalist tanqidga uchradi
Yalong‘och ayolni so‘roq qilgan jurnalist tanqidga uchradi
Sputnik O‘zbekiston
Yalong‘och ayolni so‘roq qilgan jurnalist yuzasidan O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi munosabat bildirdi. 10.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-10T13:22+0500
2021-09-10T13:22+0500
2021-09-10T13:36+0500
jamiyat
o‘zbekiston
jurnalist
fohishalik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/428/53/4285347_0:75:1500:919_1920x0_80_0_0_28c54bfc0005a3456c9661aa8da2df20.jpg
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tegishli davlat organlari reyd o‘tkazgani va unda uyida bollari oldida fohishabozlik bilan shug‘ullangan ayol jurnalist tomonidan so‘roq qilingan video tarqaldi.Mikrofon ko‘targan jurnalistning bu hatti harakatlariga O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olim O‘sarov o‘z munosabatini bildirdi."Inson manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan demokratik jamiyatning muhim sharti so‘z va axborot erkinligidir. Biroq bu jurnalist yoki bloger ko‘ngliga kelgan ishni qilaveradi, yozaveradi, degani emas.Ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan videoni ko‘rib (biz mazkur vaziyatda ayolni, uning qilmishini oqlamoqchi yoxud muhokama qilmoqchi emasmiz) qator savollar tug‘ildi: mikrofon ko‘targan "muxbir" yalang‘och holatdagi ayolni kamera qarshisida so‘roqqa tutishi qaysi mezon mos keladi? Sud tomonidan hali aybdorligi isbotlamagan ayolni fohishalikda ayblash jurnalist kasb odobi va qonun talablariga nechog‘li muvofiq? "Muxbir" o‘zganing mulki hisoblangan uyga bostirib kirishga, bunday holatda so‘roqqa tutishga, tasvirga olishga haqlimi? O‘zi savol berayotganidek, uning farzandlari, yaqinlari sha’ni va qadr-qimmatini unutmadimikan?..Shuni qat’iy qayd etamizki, jurnalistning jamiyat oldidagi mas’uliyati, kasb odobi, faoliyat talablari, eng muhimi, mavjud qonun-qoidalar bor va jurnalist buni unutishga haqli emas. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasida qayd etilganidek, “O‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida jurnalist shaxsning huquqlari va erkinliklarini, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart”.O‘zbekiston Jurnalistlarining kasb etikasi kodeksida belgilab qo‘yilganidek, “Jurnalist ... o‘z kasb majburiyatlarini bajarishda axborot olishning qonunga zid usullaridan (qo‘rqitish, ta’magirlik, tovlamachilik, ig‘vogarlik, mukofot va’da qilish yoki odob-axloq normalariga zid boshqa usullardan foydalanish), shuningdek o‘z xizmat vakolatlaridan shaxsiy maqsadlari yo‘lida foydalanmaydi”.O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi jurnalist va blogerlarni milliy va xalqaro qonunchilik, O‘zbekiston Jurnalistlari kasb etikasi kodeksiga rioya etishga, kim bo‘lishidan qat’i nazar, shaxsning sha’ni va huquqlarini poymol qilmaslikka, faxsh, zo‘ravonlik va inson ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi illatlardan saqlanishga chaqiradi".
https://oz.sputniknews.uz/20210519/stixiya-festivalida-mehmonlar-yalangoch-holda-raqsga-tushdimi-turizm-vazirligi-javobi-18804651.html
https://oz.sputniknews.uz/20210907/sirdaryoda-bir-qizni-rossiyaga-fohishalikka-jonatmoqchi-bolgan-fuqaro-qolga-olindi-20394388.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/428/53/4285347_88:0:1412:993_1920x0_80_0_0_1a91ee86c54b79ebee92223968627dfa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, jurnalist, fohishalik
jamiyat, o‘zbekiston, jurnalist, fohishalik
Yalong‘och ayolni so‘roq qilgan jurnalist tanqidga uchradi
13:22 10.09.2021 (yangilandi: 13:36 10.09.2021) Yalong‘och ayolni so‘roq qilgan jurnalist yuzasidan O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi munosabat bildirdi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tegishli davlat organlari reyd o‘tkazgani va unda uyida bollari oldida fohishabozlik bilan shug‘ullangan ayol jurnalist tomonidan so‘roq qilingan video tarqaldi.
Mikrofon ko‘targan jurnalistning bu hatti harakatlariga O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olim O‘sarov o‘z munosabatini
bildirdi.
"Inson manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan demokratik jamiyatning muhim sharti so‘z va axborot erkinligidir. Biroq bu jurnalist yoki bloger ko‘ngliga kelgan ishni qilaveradi, yozaveradi, degani emas.
Ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan videoni ko‘rib (biz mazkur vaziyatda ayolni, uning qilmishini oqlamoqchi yoxud muhokama qilmoqchi emasmiz) qator savollar tug‘ildi: mikrofon ko‘targan "muxbir" yalang‘och holatdagi ayolni kamera qarshisida so‘roqqa tutishi qaysi mezon mos keladi? Sud tomonidan hali aybdorligi isbotlamagan ayolni fohishalikda ayblash jurnalist kasb odobi va qonun talablariga nechog‘li muvofiq? "Muxbir" o‘zganing mulki hisoblangan uyga bostirib kirishga, bunday holatda so‘roqqa tutishga, tasvirga olishga haqlimi? O‘zi savol berayotganidek, uning farzandlari, yaqinlari sha’ni va qadr-qimmatini unutmadimikan?..
Shuni qat’iy qayd etamizki, jurnalistning jamiyat oldidagi mas’uliyati, kasb odobi, faoliyat talablari, eng muhimi, mavjud qonun-qoidalar bor va jurnalist buni unutishga haqli emas. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasida qayd etilganidek, “O‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida jurnalist shaxsning huquqlari va erkinliklarini, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart”.
O‘zbekiston Jurnalistlarining kasb etikasi kodeksida belgilab qo‘yilganidek, “Jurnalist ... o‘z kasb majburiyatlarini bajarishda axborot olishning qonunga zid usullaridan (qo‘rqitish, ta’magirlik, tovlamachilik, ig‘vogarlik, mukofot va’da qilish yoki odob-axloq normalariga zid boshqa usullardan foydalanish), shuningdek o‘z xizmat vakolatlaridan shaxsiy maqsadlari yo‘lida foydalanmaydi”.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi jurnalist va blogerlarni milliy va xalqaro qonunchilik, O‘zbekiston Jurnalistlari kasb etikasi kodeksiga rioya etishga, kim bo‘lishidan qat’i nazar, shaxsning sha’ni va huquqlarini poymol qilmaslikka, faxsh, zo‘ravonlik va inson ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi illatlardan saqlanishga chaqiradi".