Sirdaryoda bir qizni Rossiyaga fohishalikka jo‘natmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax.
Ruki v naruchnikax. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Obuna bo‘lish
Fuqaro bu ishni Rossiyadagi tanishi bilan oldindan til biriktirib sodir etmoqchi bo‘lgan.
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Sirdaryo viloyati Guliston shahrida bir qizni Rossiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun jo‘natayotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
DXXning Sirdaryo viloyat boshqarmasi bilan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda S.O‘. fuqaro N.ni Rossiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Toshkent xalqaro aeroportiga olib ketayotgan vaqtida ushlangan. U qizga “Toshkent-Domodedovo” yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilgan. S.O‘.ning Rossiyada sherigi ham bo‘lgan. Ular bu ishni oldindan til biriktirib sodir etishmoqchi bo‘lishgan.
Jenskie ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
Toshkentda uch qizni Turkiyaga fohishalikka jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0