Xivada “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” forumi o‘tkaziladi

Xiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Obuna bo‘lish
Anjuman doirasida bir qator tadbirlar, xususan, Xivada madaniy meros masalalari bo‘yicha YuNESKO bilan hamkorlikda Xalqaro maslahat qo‘mitasining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, joriy yilning 14-15 sentabr kunlari Xiva shahrida “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” Xalqaro madaniyat forumi o‘tkaziladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Madaniyat vazirligi mutasaddilari ma’lum qildi.
Anjuman doirasida bir qator tadbirlar, xususan, Xivada madaniy meros masalalari bo‘yicha YuNESKO bilan hamkorlikda Xalqaro maslahat qo‘mitasining 1-yig‘ilishi, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo turizm forumi, Toshkentda esa O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha butunjahon jamiyatining V Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Nukus shahrida “Arxeologiya va turizm: salohiyatni belgilash va merosni boshqarish” xalqaro arxeologiya konferensiyasi hamda II Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish belgilangan.
Forumga tayyorgarlik doirasida qadimiy Xorazm davlati tarixiy eksponatlari saqlanayotgan Rossiya va boshqa davlatlar muzey va fondlari bilan aloqa o‘rnatib, arxeologiya ashyolari, qadimiy qo‘lozma va toshbosma kitoblar, tarixiy hujjatlar, osori-atiqalar, madaniy boyliklarning asl yoki ko‘chirma nusxalari, zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va to‘plamlar, video va foto hujjatlar kabi manbalarni O‘zbekiston hududiga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.
Rossiya ilmiy-tadqiqot jamoatchiligi bilan birgalikda qadimiy Xorazm davlati merosini keng o‘rganish va tadqiqotlar olib borish maqsadida arxeologik-etnografik ekspeditsiya tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.
Flagi stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2021
MDH davlatlari ziyolilari va san’at vakillari Toshkentda to‘planishadi - Madaniyat vazirligi
Tadbirlarda ishtirok etish uchun bugungi kunga qadar YuNESKO va AYSESKO kabi xalqaro tashkilotlardan mutaxassislar, hakamlar hay’ati a’zolari, faxriy mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Forum ishtirokchilari uchun “Ichan-Qal’a” muzey-qo‘riqxonasi hududi bo‘ylab tarixiy teatrlashtirilgan tomoshalar tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0