https://oz.sputniknews.uz/20210417/mdh-davlatlari-ziyolilari-va-sanat-vakillari-toshkentda-toplanishadi---madaniyat-vazirligi-18381532.html
MDH davlatlari ziyolilari va san’at vakillari Toshkentda to‘planishadi - Madaniyat vazirligi
MDH davlatlari ziyolilari va san’at vakillari Toshkentda to‘planishadi - Madaniyat vazirligi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 17 apr - Sputnik. Shu yilning kuzida Toshkentda MDHga a’zo davlatlar ziyolilari va ijod ahli ishtirokidagi XV forum bo‘lib o‘tadi, unda olimlar, madaniyat,
2021-04-17T12:35+0500
2021-04-17T12:35+0500
2023-04-05T18:33+0500
madaniyat
o‘zbekiston
madaniyat vazirligi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/02/18116963_0:59:1173:719_1920x0_80_0_0_59a39227ebb2cbb3544245a06df8ac11.jpg
TOShKENT, 17 apr - Sputnik. Shu yilning kuzida Toshkentda MDHga a’zo davlatlar ziyolilari va ijod ahli ishtirokidagi XV forum bo‘lib o‘tadi, unda olimlar, madaniyat, san’at va ta’lim sohalari xodimlari ishtirok etadi.Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.Ta’kidlanishicha, bu haqda vazirlikda bo‘lib o‘tgan Gumanitar hamkorlik Kengashi va Gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo jamg‘armasining MDH ga a’zo davlatlar vakillari o‘rtasidagi onlayn-qo‘shma majlisida ma’lum qilingan.Tadbirda O‘zbekiston tomonidan Madaniyat vaziri o‘rinbosari Olimjon Mirzayev ishtirok etdi.MDH ga a’zo davlatlarning o‘zaro hamkorlik masalalari muhokamasi jarayonida jumladan, pandemiya sharoitida fond faoliyati haqida fikrlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi.O‘tgan yildagi murakkab vaziyat tufayli 83ta rejalashtirilgan loyihalardan Fond atigi 21tasini amalga oshira olgan.Tadbirda MDHga a’zo davlatlarning madaniy-gumanitar sohadagi o‘zaro ta’sirining boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilingan. 2022-yilda amalga oshiriladigan davlatlararo loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.Qator loyihalar MDHda Xalq ijodiyoti va madaniy merosi, arxitektura va qurilish yiliga bag‘ishlanadi.Keyingi yig‘ilish iyul oyida o‘tkazilishi belgilangan. Uchrashuv formati epidemiologik vaziyatga bog‘liq bo‘lishi qayd etilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210408/innoprom-yakunlari-rossiya-va-ozbekiston-kompaniyalari-necha-pullik-shartnomalar-imzolashdi-18214299.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/02/18116963_69:0:1105:777_1920x0_80_0_0_1aa0449f9959862c29d34c578feacef0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, o‘zbekiston, madaniyat vazirligi, rossiya
madaniyat, o‘zbekiston, madaniyat vazirligi, rossiya
MDH davlatlari ziyolilari va san’at vakillari Toshkentda to‘planishadi - Madaniyat vazirligi
12:35 17.04.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) TOShKENT, 17 apr - Sputnik. Shu yilning kuzida Toshkentda MDHga a’zo davlatlar ziyolilari va ijod ahli ishtirokidagi XV forum bo‘lib o‘tadi, unda olimlar, madaniyat, san’at va ta’lim sohalari xodimlari ishtirok etadi.
Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bu haqda vazirlikda bo‘lib o‘tgan Gumanitar hamkorlik Kengashi va Gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo jamg‘armasining MDH ga a’zo davlatlar vakillari o‘rtasidagi onlayn-qo‘shma majlisida ma’lum qilingan.
Tadbirda O‘zbekiston tomonidan Madaniyat vaziri o‘rinbosari Olimjon Mirzayev ishtirok etdi.
MDH ga a’zo davlatlarning o‘zaro hamkorlik masalalari muhokamasi jarayonida jumladan, pandemiya sharoitida fond faoliyati haqida fikrlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘tgan yildagi murakkab vaziyat tufayli 83ta rejalashtirilgan loyihalardan Fond atigi 21tasini amalga oshira olgan.
Tadbirda MDHga a’zo davlatlarning madaniy-gumanitar sohadagi o‘zaro ta’sirining boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilingan. 2022-yilda amalga oshiriladigan davlatlararo loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.
Qator loyihalar MDHda Xalq ijodiyoti va madaniy merosi, arxitektura va qurilish yiliga bag‘ishlanadi.
Keyingi yig‘ilish iyul oyida o‘tkazilishi belgilangan. Uchrashuv formati epidemiologik vaziyatga bog‘liq bo‘lishi qayd etilgan.