Xorijda saylovchilarning elektron ro‘yxatini tuzish maxsus sayt ishga tushirildi

© Sputnik / Maksim BlinovKak golosovali uzbekistansi v Moskve na parlamentskix viborax
Kak golosovali uzbekistansi v Moskve na parlamentskix viborax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatadigan 37 mamlakatda 54 ta statsionar saylov uchastkalari tashkil etilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Xorijda saylovchilarning elektron ro‘yxatini tuzish uchun saylov.mfa.uz maxsus sayti ishga tushirildi. Bu haqda TIVda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston prezidenti saylovini xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritilishi” mavzusidagi davra suhbatida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatadigan 37 mamlakatda 54 ta statsionar saylov uchastkalari tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu davlatlarning boshqa shaharlarida hamda diplomatik vakolatxonalar mavjud bo‘lmagan 12 ta xorijiy davlatlarda qo‘shimcha ravishda jami 321 ta muddatdan oldin ovoz berish uchun ko‘chma saylov uchastkalarini tashkil etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
Golosovanie na parlamentskix viborax v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soni ochiqlandi
O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari chet eldagi o‘zbek diasporasi tuzilmalari, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari ishlayotgan tashkilot va kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatgan. Xorijdagi saylovchilar ro‘yxatini tuzish ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovlari 2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0