Panjsherning Tolibon qo‘liga o‘tishi MOga qanday xavf soladi – Leonkov

© Facebook / Aleksey LeonkovAleksey Leonkov
Aleksey Leonkov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Obuna bo‘lish
Harbiy ekspert Aleksey Leonkov Sputnikka bergan maxsus intervyusida Panjsherdagi vaziyat va "Tolibon"* MOga qanday xavflar tug‘dirishi mumkinligi haqida aytib berdi.
Tolibon* vakili Zabixullo Mudjoxid 6-sentabr kuni bergan bayonotida, Tolibon*ga qarshilik ko‘rsatgan Afg‘onistonning yagona hududi Pandjsher ustidan g‘alaba qozonilganini ma’lum qilgan edi.
Axmad Masud boshchiligida o‘zlarini Afg‘oniston milliy qarshilik fronti deb atayotgan isonchilar esa kurash davom etayotganini ta’kidlashmoqda.
Panjsher darasida aslida nimalar sodir bo‘lmoqda? Qaysi manbaaga ishonish kerak. Yaqin vaqt ichida vaziyat qanday o‘zgaradi va bu Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlariga qanday xavflar tug‘dirishi mumkin? Bu haqida harbiy ekspert Aleksey Leonkov quyidagilarni ma’lum qildi.
Toliblar qasos haqida orzu qilmoqda
Mujohid va Masud turli, bir-biriga zid fikrlar bildirishmoqda. Ularning bayonotlarini hozircha tasdiqlab yoki inkor etib bo‘lmaydi. Leonkov aytishiga ko‘ra tomonlarning hech biri nazoratni yo‘qotganini tan olmaydi.
Provinsiya Pandjsher Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Toliblar Panjsher viloyatini egallab olishganini ma’lum qilishdi
“Har qanday mojaroda axborot aniqligini 10/1 deb qabul qilish kerak, - deydi ekspert. Tomonlar yo o‘z yo‘qotishlarini kamaytirib ko‘rsatishmoqda yoki raqib tomon qurbonlari sonini oshirib ko‘rsatishmoqda. Yo bo‘lmasa hududni to‘liq nazorat ostiga olganliklarini da’vo qilishmoqda. Ana shunday qarama-qarshi ma’nodagi ma’lumotlar bizga 3-sentabrdan buyon yetib kelmoqda. Goh Panjsher taslim bo‘ldi, goh buning aksi, goh Ahmad Masud qochdi degan xabarlar tarqalmoqda, lekin bularning barchasi haqiqatdan yiroq”.
Aslida jug‘rofiy xususiyatlariga ko‘ra, Panjsher darasini egallab olish juda mushkul, deb hisoblaydi Leonkov.
“U yerda juda ko‘p yashirinish mumkin bo‘lgan joylar bor. Agar sizda qurol-aslaha va odam yetarli bo‘lsa – cheklanmagan muddat davomida jang olib borish mumkin. Ta’minot amalga oshirilayotgan yashirin yo‘laklarning barchasini nazorat ostiga olish juda mushkul”, - deydi ekspert.
Aleksey Leonkov aytishiga ko‘ra, bu Tolibonning Panjsher darasini egallab olishga qaratilga ikkinchi urinishdir. Ana shu faktning o‘zi ham jangarilarni motivatsiya qilishi mumkin. Bu safar ular oldingi mag‘lubiyatlari uchun qasos olishga ham urinib ko‘rishlari mumkin.
Bu safar “Tolibon”* tomonidan Panjsher ustida g‘alaba qozonish juda muhim. Chunki bu joy dunyo hamjamiyati nazarida har doim hech kimga bo‘y so‘nmagan hududdir.Hozir butun dunyo bu yerdagi vaziyatni kuzatib turibdi, lekin aralashayotgani yo‘q.
“Tolibon”* hozir ham terrorchi tashkilot sifatida qolmoqda. Hech bir G‘arbiy davlat, Rossiya yoki BMT unga o‘z munsobatini o‘zgartirgani yo‘q. Undan tashqari Tolibon* amnistiya e’lon qildi va raqiblarni jazolamoqda. Budan kadrlar ba’zan ijtimoiy tarmoqlarda ham paydo bo‘lmoqda. Demak, Tolibon* hukumat boshiga kelganidan so‘ng qilayotgan ishlari oldin berilgan va’dalarga hech o‘xshamgan. Afg‘onistonga chegaradosh mamlakatlar esa ehtiyotkor pozitsiyani egallashmoqda.
37 million kishiga kim oziq-ovqat beradi?
Afg‘oniston kelajagi mushkullashishiga yana bir sabab bor, mamlakatda iqtisod yo‘q, deydi Leonkov.
Afgansi v improvizirovannom lagere vozle jeleznodorojnoy stansii v Chamane, Pakistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Afg‘onistonda tez kunda ochlik boshlanishi mumkin - BMT
“Toliblar hatto Panjsherni butunlay to‘sib qo‘yishsa ham, mahalliy aholi u yerda 100-yillab yashashi va jon saqlashi mumkin. Lekin u yerlarni yaxshi bilmay turib kirishga uringanlarning holi voy bo‘ladi. Ular och qolishlari mumkin”, - deydi ekspert.
Umuman olganda, oziq-ovqat muammosi – yaqin orada butun Afg‘onistonni qamrab olishi mumkin.
“Amerikaliklar ketish oldidan, G‘ani hukumasti tasrrufida bo‘lgan barcha hisob raqamlarini bloklab qo‘yishgan edi. “Tolibon” ulardan foydalana olmaydi.
“Afg‘oniston esa, tashqaridan oziq-ovqat, qurol-aslaha va yonilg‘i mahsulotlari olib kelish hisobidan kun kechirayotgan edi. Demak yaqin vaqtda, Tolibon foydalanayotgan texnika to‘xtab qoladi. Kim ularga neft mahsulotlari olib keladi? Oziq-ovqatni aytmasa ham bo‘ladi”, - deydi ekspert.
AQSh mamlakatni tark etishi bilan bir vaqtda daromad manbaalari ham tugadi. Xo‘sh endi Tolibon* 37 million aholini qanday boqadi?
O‘z hududlari orqali o‘tgan tranzit yo‘llaridan Tolibon* yiliga $2 mlrd.gacha daromad olardi. Hozir bu manbaalar ham yo‘q.
Yevropa xavf ostida
Yaqin vaqt ichida Tolibon uchun yagona daromad manbai – AQsh qoldirib ketgan og‘ir qurol-aslahalarni kimgadir sotish. Lekin buning uchun ularga logistik operatsiyalar amalga oshirishi kerak. Masalan tankni Yaman yoki Liviyaga yetazib berishi kerak bo‘ladi.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Toliblar yangi hukumatni e’lon qildi, ammo uning tarkibi AQShga ma’qul kelmadi
Lekin amerikaliklar qoldirib ketgan ko‘chma zenit-raketa majmualarini, toliblar sotib yubormasa kerak. Ushbu qurol dunyo hamjamiyati uchun eng katta xavf soladi.
Tolibon* ushbu qurol bilan barchani shantaj qilishga o‘tishi mumkin. “Agar shartimizga ko‘nmasangiz, biz bu quroldan foydalanamiz” qabilida ish tutishi mumkin. Shundan so‘ng o‘lchami ixcham bo‘lgan qurol gullab-yashnayotgan Yevropaning biror joyida, aeroport yaqinida paydo bo‘lishi mumkin. Terrorchi raketani oddiy fuqaro samolyotiga nisbatan qo‘llasa nima bo‘ladi?
Balkim shu sababli Yevropa va AQSh o‘zini Afg‘onistondan uzoqroq saqlashga harakat qilmoqda. Shu sababli ular barcha fuqarolarini va hatto elchilarini ham Afg‘onistondan olib chiqib ketishmoqda.
Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar ham Tolibon* bilan hamkorlikdan qanday biror foyda bo‘lishiga ishonmaydi. Darhaqiqat mamlakatda hech qanday sanoat yo‘q, yirik konlar yo‘q. Kim bilan hamkorlik qilish ham noma’lum. Ehtimol Tolibon hukumat boshida uzoq qolmas. Balkim uning o‘rnini "Al-Qoida” egallar. Suriya tajribasidan kelib chiqqan holda, biz terrorchilar bilan gaplashib bo‘lmasligini juda yaxshi bilamiz.
Inklyuziv hukumatmi yoki rejim?
Shu kunga qadar Tolibon* e’lon qilgan inklyuziv hukumat tashkil qilish to‘g‘risidagi bayonotlarga am ishonch yo‘q.
“Ular na birorta iqtisodiy dastur, na siyosiy tuzum dasturini e’lon qilishdi. Faqat shiorlar. Agar hukumat inklyuziv bo‘lsa unda Afg‘onistonda yashayotgan barcha etnik guruh vakillari bo‘lishi kerak”, - deydi Leonkov.
Ekspert aytishiga ko‘ra, bunday hukumat tarkibiga pushtunlar, hazoralar, tojiklar, o‘zbeklar va mahalliy turk jamiyatlari vakillari bo‘lishi shart.
“Lekin ularning hech biri taklifnoma olgani haqida xabar yo‘q. Demak, hukumatni faqat Tolibonning o‘zi tashkil qilmoqda. Afg‘oniston aholisi manfaatlari hisobga olingani yo‘q. Bu inklyuziv hukumat emas – bu rejim”.
Xalqaro hamjamiyat “Tolibon”*ning BMTdagi chiqishlariga qaramasdan ularga ishonmaydi. Chunki mamlakatni tark etishni istaydigan kishilar soni oshmoqda.
BMT baholashiga ko‘ra, ayni damda 500 ming kishi Afg‘onistondan qochishga tayyor. Odamlar yaxshi hayotdan qochayotgani yo‘q. Ushbu holat, Tolibon* propagandasidan farqli o‘laroq, mamlakatdagi vaziyatni yaqqol ko‘rsatmoqda.
Aleksey Leonkov bilan intervyuning to‘liq variantini “Sputnik na russkom” Uoutube kanalida tomosha qiling.
* Rossiya va boshqa davlatlar hududida ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0