Afg‘onistonda tez kunda ochlik boshlanishi mumkin - BMT

© REUTERS / Saeed Ali AchakzaiAfgansi v improvizirovannom lagere vozle jeleznodorojnoy stansii v Chamane, Pakistan
Afgansi v improvizirovannom lagere vozle jeleznodorojnoy stansii v Chamane, Pakistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Obuna bo‘lish
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ochlik xavfiga duch kelgan afg‘on xalqiga yordam berish uchun 600 million dollar yig‘ish zarurligini ta’kidlamoqda.
TOShKENT, 8 sent – Sputnik. Afg‘onistonda oziq-ovqat va hayot uchun boshqa zaruriy mahsulotlar zahiralari tugamoqda, deb xabar qildi BMT gumanitar muammolarni muvofiqlashtirish boshqarmasi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, afg‘on xalqiga yordam berish uchun hozirdanoq 600 million dollar yig‘ish zarurligiga ishora qilgan.
"Oziq-ovqat va boshqa hayotiy zarur mahsulotlar tez orada tugaydi. Biz xalqaro donorlarni tez va saxovatli yordam ko‘rsatishga chaqiramiz", — dedi tashkilot vakili Yens Layerke.
Biroz oldin bir necha xalqaro ekspertlar Afg‘onistonda o‘ta jiddiy oziq-ovqat tanqisligi xavfi borligini ta’kidlagan edi. Bunga mamlakatdagi beqarorlik va bu yilgi hosilning kamligi sabab sifatida ko‘rsatilgan. Ushbu vaziyatda mamlakat xorijiy oziq-ovqat yordamiga juda bog‘liq ekaniligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin BMT "Tolibon" harakatiga va qo‘shni davlatlarga Afg‘oniston chegaralarni yopmaslik haqida murojaat bilan chiqqan edi.
Yangiliklar lentasi
0