https://oz.sputniknews.uz/20210908/ozbekiston-afgonistonda-muvaqqat-hukumat-tuzilganini-olqishlaydi-tiv-20414389.html
O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi - TIV
O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi - TIV
Sputnik O‘zbekiston
Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilishi yuzasidan bayonot berdi. 08.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-08T13:56+0500
2021-09-08T13:56+0500
2021-09-08T13:56+0500
siyosat
o‘zbekiston
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/905/17/9051732_0:28:1200:703_1920x0_80_0_0_f6f01517079464246f810cc4e5d571c3.jpg
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilishi yuzasidan bayonot berdi.Kuni kecha, 7-sentabr kuni toliblar* Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakat bosh vazirligi Muhammad Hasan Oxundga yuklangan, Abdulg‘ani Birodar uning o‘rinbosari bo‘ladi.Toliblar o‘tgan safar hukumat tepasiga kelganida (1996-2001 yy.) TIV rahbari lavozimini egallagan va 2001-yildan buyon BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Mulla Xasan Oxund - hukumat boshlig‘i (bosh vazir) vazifasini bajaruvchi lavozimini egalladi. Mulla Birodar — uning birinchi o‘rinbosari; Mavlavi Hanafi — ikkinchi o‘rinbosari etib tayinlanishdi.Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib Amir Xon Mutakkiy tayinlangan.Muhammad Yoqub mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimini egalladi.IIV rahbari etib mulla Sarojiddin Xaqqoniy tayinlandi.* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
https://oz.sputniknews.uz/20210827/mirziyoev-afgonistondagi-vaziyat-boyicha-munosabat-bildirdi-20266130.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/905/17/9051732_114:0:1087:730_1920x0_80_0_0_4f7ef0fae2892204285f2c7d7308067e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, afg‘oniston
siyosat, o‘zbekiston, afg‘oniston
O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi - TIV
Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilishi yuzasidan bayonot berdi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilishi yuzasidan bayonot berdi.
“O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat Hukumat tuzilganini olqishlaydi. Umid qilamizki, mazkur qaror mamlakatda keng ko‘lamli milliy kelishuvga erishilishi hamda mustahkam tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi tomon ilk qadam bo‘lib qoladi. Afg‘onistonning yangi davlat idoralari bilan konstruktiv muloqot va amaliy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligimizni bildiramiz”, - deyilgan bayonotda.
Kuni kecha, 7-sentabr kuni toliblar* Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakat bosh vazirligi Muhammad Hasan Oxundga yuklangan, Abdulg‘ani Birodar uning o‘rinbosari bo‘ladi.
Toliblar o‘tgan safar hukumat tepasiga kelganida (1996-2001 yy.) TIV rahbari lavozimini egallagan va 2001-yildan buyon BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Mulla Xasan Oxund - hukumat boshlig‘i (bosh vazir) vazifasini bajaruvchi lavozimini egalladi. Mulla Birodar — uning birinchi o‘rinbosari; Mavlavi Hanafi — ikkinchi o‘rinbosari etib tayinlanishdi.
Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib Amir Xon Mutakkiy tayinlangan.
Muhammad Yoqub mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimini egalladi.
IIV rahbari etib mulla Sarojiddin Xaqqoniy tayinlandi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.