Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mestorojdenie "Yoshlik-1" Almalikskogo gorno-metallurgicheskogo kombinata
Shavkat Mirziyoyev posetil  mestorojdenie Yoshlik-1 Almalikskogo gorno-metallurgicheskogo kombinata - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirdi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirdi.
“Afg‘onistondagi vaziyat hammamizni o‘yga solishi tabiiy. Xavotir olmanglar, mudofaa qudratimiz har qanday vaziyatga tayyor, vaziyatni nazorat qilib turibmiz. Lekin meni o‘ylantirgani - ular bizning jonajon qo‘shnimiz, ular ham ko‘chib keta olmaydi, biz ham.
Mana, kechadan boshlab jafokash afg‘on xalqiga ko‘mak bo‘lish maqsadida Hayraton ko‘prigini vaqtincha ishga tushirdik. Chunki Afg‘oniston xalqi hozir yordamga muhtoj, agar ular tinchlik sari harakat qilsalar, biz ularga ko‘makchi bo‘lamiz.
Afganskie jiteli naprotiv amerikanskix soldatov v aeroportu Kabula  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2021
Kobuldagi portlashlar oqibatida 1300 nafardan ortiq kishi jarohatlandi
Boshqa davlatlardan kelayotgan oziq-ovqatni poyezdlar orqali yetkazib beramiz, o‘zimiz ham bunga hissa qo‘shamiz. Chunki Mozori Sharif shahriga yagona temiryo‘l biz orqali o‘tadi.
Toliblar bilan ikki yil oldin muloqot olib borgandik, hali hech bir davlat bu ishni qilmaganda men ular bilan muloqot qilish bo‘yicha topshiriq bergandim. Ularning Dohadagi rahbari Barodar janoblari o‘shanda O‘zbekiston tomoniga birorta o‘q otilmasligi bo‘yicha va’da bergandi. Va’dasini bajarayotgani uchun ham ular bilan muloqot qilib turishimiz tabiiy.
Biz uchun xalqimizning tinchligi kerak. Xalqimiz tinch bo‘lishi uchun, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, istalgan tomon bilan gaplashaman. Afg‘onistonda shunday holat bo‘lishidan ikki yil oldingi tahlillarimiz dalolat bergan edi”, dedi prezident.
Yangiliklar lentasi
0