OTB O‘zbekistonda xususiy sektor rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

© AFP 2023 / TED ALJIBEAziatskiy bank razvitiya (ABR)
Aziatskiy bank razvitiya (ABR) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Obuna bo‘lish
OTB rasmiy vakilining fikricha, O‘zbekiston hukumati so‘nggi bir necha yil ichida, xususan, COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq qiyinchiliklarga qaramay, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishgan.
TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) Xususiy sektor operatsiyalari va davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha vitse-prezidenti Ashok Lavasa Toshkentga tashrifi davomida OTB O‘zbekistonning islohotlar dasturini va xususiy sektorni mustahkamlash buyicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini tasdiqladi.
Lavasa Bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri va OTB boshqaruvchisi Sardor Umurzakov, Bosh vazir o‘rinbosari va Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni qisqartirish vaziri Jamshid Kuchkarov va davlat va xususiy sektor vakillari bo‘lmish boshqa hamkorlar bilan OTBning mamlakatdagi faoliyatini muhokama qilish uchun uchrashgani aytilmoqda.
Stroitelstvo gidroelektrostansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2020
"O‘zbekgidroenergo" OTB bilan uchta GES qurishga kelishdi
Lavasaning fikricha, O‘zbekiston hukumati so‘nggi bir necha yil ichida, xususan, COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq qiyinchiliklarga qaramay, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishgan.
"OTB siyosat bo‘yicha maslahatlar, salohiyatni oshirish, istiqbolli davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlashda bitimlar bo‘yicha maslahat yordami, hukumatga qarz berish va xususiy sektorning asosiy subyektlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish orqali O‘zbekistonni har tomonlama va kompleks qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini tasdiqlaydi. Kuchli xususiy sektor uchun qulay muhit yaratish va xususiy sektorning resurslari, tajribasi va innovatsiyalarini jalb etish barqaror rivojlanish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega”, - deya ta’kidladi u.
Linii elektroperedachi v ushelye Chichkan v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2020
OTB O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr uzatish liniyasini qurishni moliyalashtiradi
Kuchkarov bilan birga bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Lavasa hukumatning davlat-xususiy sheriklikni tayyorlash borasidagi yutuqlarini ijobiy baholadi va OTB qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ta’kidladi.
Ular makroiqtisodiy barqarorlik, islohotlarning izchilligi va xususiy sektor ishonchini mustahkamlash uchun infratuzilma va institutlarni rivojlantirishning muhimligini muhokama qilishdi. Transport va kommunal xizmatlarni ko‘rsatishda xususiy sektor potensialga ega ekanligini ta’kidladilar.
Lavasa, shuningdek, Toshkent shahrida 3-4-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan ITBning yillik yig‘ilishlari doirasida o‘tkazilgan "COVID-19dan keyingi davridagi DXSh sarmoyasi" davra suhbatida ishtirok etdi.
O‘zbekiston OTBga 1995-yilda a’zo bulgan. O‘shandan beri OTB O‘zbekiston uchun 10,1 milliard dollar miqdorida qarz, grant va texnik yordam ajratdi. Xususiy sektorning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash OTBning O‘zbekiston bilan 2019-2023 yillar uchun hamkorlik strategiyasining asosiy strategik ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, u mamlakatni faol va inklyuziv bozor iqtisodiyotiga olib chiqishga qaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0