TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Afg‘oniston va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) "Surxon-Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi qurish loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Hujjat 110 mln dollar ajratishni nazarda tutadi. Mablag‘larning asosiy qismi tashkilotning o‘zbek pudratchilari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish ishlariga yo‘naltiriladi.
“Yaqin kelajakda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va "Da Afghanistan Breshna Sherkat” o‘rtasida ushbu EULni qurish bo‘yicha tegishli shartnoma imzolanadi”, - deyilgan xabarda.
"Surxon – Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi dastlabki qiymati 150 million dollar bo‘ladi va undan 32 millioni O‘zbekiston ichida amalga oshiriladigan ishlar uchun qolgan 118 millioni Afg‘onistonda bajariladigan ishlarga sarflanadi. Elektr uzatish liniyasi uzunligi 260 kilometrni tashkil qiladi, undan 45 kilometri O‘zbekiston hududi bo‘ylab, 215 kilometri – Afg‘oniston hududi bo‘ylab o‘tadi.
Loyiha o‘zini qoplash muddati – 12-yil, o‘tkazish quvvati – 1000 MVt. Ya’ni undan qo‘shni mamlakatga kuniga 24 mln Vt/soat, yiliga esa 6 milrd kVt/soat energiya yetkazib berish mumkin.