Srechko Katanes boshchiligidagi ilk o‘yinda “oq bo‘rilar” kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2021
Obuna bo‘lish
“Friends Arena” stadionida kechgan bahsda O‘zbekiston 1:2 hisobda Shvetsiyaga yengildi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Stokgolmda FIFA kunlari doirasidan o‘rin olgan Shvetsiya - O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bu futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Srechko Katanes boshchiligidagi ilk o‘yini edi.
“Friends Arena” stadionida kechgan bahsdagi hisob o‘zbekistonlik futbolchi Abdulla Abdullayevning avtogoli bilan ochildi. 35-daqiqada Shvetsiya jamoasi ikkinchi golni kiritdi.
71-daqiqada Eldor Shomurodov oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinda boshqa gollar urilmadi.
Shu tariqa, O‘zbekiston Shvetsiyaga 1:2 hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0