https://oz.sputniknews.uz/20210903/afgonistonning-yangi-hukumatida-ayol-vazirlar-bolmaydi-tolibon-20352802.html
Afg‘onistonning yangi hukumatida ayol-vazirlar bo‘lmaydi – Tolibon*
Afg‘onistonning yangi hukumatida ayol-vazirlar bo‘lmaydi – Tolibon*
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonning yangi hukumati imkon qadar tezroq tuziladi, ammo unda ayol-vazirlar bo‘lmaydi - Tolibon* harakati vakili. 03.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-03T14:38+0500
2021-09-03T14:38+0500
2023-04-05T18:34+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
xitoy
afg‘oniston
tolibon
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/17/20195026_0:383:2727:1918_1920x0_80_0_0_c0b4043120592331027d08f6c5968b77.jpg
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Avvalgi vazirliklarning yarmi bilan Afg‘onistonning yangi hukumati imkon qadar tezroq tuziladi, ammo unda ayol-vazirlar bo‘lmaydi, dedi Tolibon* harakati vakili Zabiulloh Mujohid. RIA Novosti."Biz imkon qadar tezroq milliy birdamlik hukumatini tuzamiz. Avvalgi vazirliklarning yarmi bilan ixcham hukumat tuzmoqchimiz", - deydi u Italiyaning la Repubblica gazetasiga bergan intervyusida.Uning so‘zlariga ko‘ra, Panjsher viloyati aholisi “katta savol” bo‘lib qolmoqda, ular bilan olib borilayotgan muloqot natija bermayapti. "Biz juda umid qilgan tinchlik jarayoni murakkablashmoqda. Biz Panjsher qo‘shinlarini hukumatga kirishi uchun taslim bo‘lishni talab qildik, aks holda ular yakson qilinadi", - dedi Tolibon* vakili.Yangi hukumatga ayollar kirishi mumkinmi, degan savolga Mujohid quyidagicha javob berdi:“Vazir sifatida emas, Qur’on va shariat qonunlariga asosan, ayollar masalan, vazirliklarda, politsiya yoki sud organlarida yordamchilar sifatida ishlashlari mumkin”.Shuningdek, afg‘on ayollariga oliygohlarda tahsil olishga ruxsat beriladi.Afg‘onistonning yangi hokimiyatining xalqaro munosabatlari haqida gapirganda, Tolibon*ning vakili, Xitoy uning asosiy sherik ekanligini aytdi."Xitoy - bu butun dunyo bozorlariga chiqish darvozamiz", - deb qo‘shimcha qildi Mujohid.Shuningdek, u Rossiya bilan munosabatlarni sovushi haqidagi fikrni rad etdi."Biz mintaqada muhim rol o‘ynaydigan bunday muhim sherik bilan hamkorlikni davom ettirmoqdamiz. Moskva bilan munosabatlar asosan siyosiy va iqtisodiy. Rossiya biz uchun vositachi bo‘lib, biz bilan birgalikda xalqaro dunyo uchun shart-sharoitlarni yaratishda ishtirok etmoqda”, - dedi harakat vakili.* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
https://oz.sputniknews.uz/20210902/al-qoida-toliblarga-qoshildi-afgoniston-qarshilik-fronti-20345067.html
https://oz.sputniknews.uz/20210902/tojikiston-iiv-mamlakat-afgon-qochoqlarini-qabul-qilishga-tayyor-emas-20339140.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/17/20195026_0:0:2727:2045_1920x0_80_0_0_c35dfab613057e32c502b73f5ad64b0f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, xitoy, afg‘oniston, tolibon, rossiya
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, xitoy, afg‘oniston, tolibon, rossiya
Afg‘onistonning yangi hukumatida ayol-vazirlar bo‘lmaydi – Tolibon*
14:38 03.09.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Afg‘onistonning yangi hukumati imkon qadar tezroq tuziladi, ammo unda ayol-vazirlar bo‘lmaydi - Tolibon* harakati vakili.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Avvalgi vazirliklarning yarmi bilan Afg‘onistonning yangi hukumati imkon qadar tezroq tuziladi, ammo unda ayol-vazirlar bo‘lmaydi, dedi Tolibon* harakati vakili Zabiulloh Mujohid.
RIA Novosti.
"Biz imkon qadar tezroq milliy birdamlik hukumatini tuzamiz. Avvalgi vazirliklarning yarmi bilan ixcham hukumat tuzmoqchimiz", - deydi u Italiyaning
la Repubblica gazetasiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Panjsher viloyati aholisi “katta savol” bo‘lib qolmoqda, ular bilan olib borilayotgan muloqot natija bermayapti. "Biz juda umid qilgan tinchlik jarayoni murakkablashmoqda. Biz Panjsher qo‘shinlarini hukumatga kirishi uchun taslim bo‘lishni talab qildik, aks holda ular yakson qilinadi", - dedi Tolibon* vakili.
Yangi hukumatga ayollar kirishi mumkinmi, degan savolga Mujohid quyidagicha javob berdi:
“Vazir sifatida emas, Qur’on va shariat qonunlariga asosan, ayollar masalan, vazirliklarda, politsiya yoki sud organlarida yordamchilar sifatida ishlashlari mumkin”.
Shuningdek, afg‘on ayollariga oliygohlarda tahsil olishga ruxsat beriladi.
Afg‘onistonning yangi hokimiyatining xalqaro munosabatlari haqida gapirganda, Tolibon*ning vakili, Xitoy uning asosiy sherik ekanligini aytdi.
"Xitoy - bu butun dunyo bozorlariga chiqish darvozamiz", - deb qo‘shimcha qildi Mujohid.
Shuningdek, u Rossiya bilan munosabatlarni sovushi haqidagi fikrni rad etdi.
"Biz mintaqada muhim rol o‘ynaydigan bunday muhim sherik bilan hamkorlikni davom ettirmoqdamiz. Moskva bilan munosabatlar asosan siyosiy va iqtisodiy. Rossiya biz uchun vositachi bo‘lib, biz bilan birgalikda xalqaro dunyo uchun shart-sharoitlarni yaratishda ishtirok etmoqda”, - dedi harakat vakili.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.