https://oz.sputniknews.uz/20210902/al-qoida-toliblarga-qoshildi-afgoniston-qarshilik-fronti-20345067.html
“Al-Qoida”* toliblarga qo‘shildi - Afg‘oniston qarshilik fronti
“Al-Qoida”* toliblarga qo‘shildi - Afg‘oniston qarshilik fronti
Sputnik O‘zbekiston
Panjsherdagi qarshilik ko‘rsatish kuchlari “Al-Qoida” toliblarga qo‘shilgani haqida ma’lum qildi. 02.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-02T18:09+0500
2021-09-02T18:09+0500
2021-09-02T18:25+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
afg‘oniston
tolibon
al-qoida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1a/20244648_0:160:3075:1889_1920x0_80_0_0_34196cdf206c2f8fb4cda7d936b62ebe.jpg
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Afg‘oniston qarshilik frontining ma’lum qilishicha, "Al-Qoida"* terrorchilik tashkiloti muxolifatga qarshi kurashda Tolibon* safiga qo‘shildi."AQSh orqaga chekindi, tarix takrorlanmoqda", - deyilgan ularning Twitterdagi xabarida.Avvalroq Al-Jazeera telekanali yangi hokimiyat o‘z siyosatiga qarshi chiqqanlarga harbiy operatsiya o‘tkazishga qaror qilgani haqida xabar bergandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar 11 ta nazorat punktini egallab olishgan va qarshilik ko‘rsatish kuchlarining 34 nafar jangchini, jumladan, 2 nafar qo‘mondonni o‘ldirishdi.O‘z navbatida qarshilik frontida o‘tar kechasi 350 nafar jangari yo‘q qilinganini ma’lum qildi.Amerika kontingenti chiqib ketishi fonida toliblar hujum boshladi va yigirma yillik urush tugaganini e’lon qilib, barcha yirik shaharlarni egallab oldi. Ularning nazorati ostida bo‘lmagan yagona viloyat - poytaxt shimoli-sharqidagi tog‘li hududda joylashgan Panjshir.U yerda 2001-yil 9-sentabrda o‘ldirilgan “Shimoliy alyans” rahbari Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud boshchiligida qarshilik ko‘rsatish kuchlari to‘plangan."Tolibon* inklyuziv hukumat tuzib, fuqarolik huquqlarini himoya qilsa, qarshi kurash tugaydi", - deb aytdi u.Al-Qoida*- yirik terrorchilik tashkilotlaridan biri, uning hisobida ko‘plab hujumlar, shu jumladan AQShda 2001-yil 11-sentabrda sodir etilgan teraktlar.* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
https://oz.sputniknews.uz/20210902/aqsh-boshqa-urush-qila-olmaydi-ular-dunyoda-qanday-hukmronlik-qilmoqchi-bolgan-20343290.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1a/20244648_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_6f3a1ef7e4b8bbfc5e0f375217597003.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston, tolibon, al-qoida
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston, tolibon, al-qoida
“Al-Qoida”* toliblarga qo‘shildi - Afg‘oniston qarshilik fronti
18:09 02.09.2021 (yangilandi: 18:25 02.09.2021) Panjsherdagi qarshilik ko‘rsatish kuchlari “Al-Qoida” toliblarga qo‘shilgani haqida ma’lum qildi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Afg‘oniston qarshilik frontining ma’lum qilishicha, "Al-Qoida"* terrorchilik tashkiloti muxolifatga qarshi kurashda Tolibon* safiga qo‘shildi.
"AQSh orqaga chekindi, tarix takrorlanmoqda", - deyilgan ularning Twitterdagi xabarida.
Avvalroq
Al-Jazeera telekanali yangi hokimiyat o‘z siyosatiga qarshi chiqqanlarga harbiy operatsiya o‘tkazishga qaror qilgani haqida xabar bergandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar 11 ta nazorat punktini egallab olishgan va qarshilik ko‘rsatish kuchlarining 34 nafar jangchini, jumladan, 2 nafar qo‘mondonni o‘ldirishdi.
O‘z navbatida qarshilik frontida o‘tar kechasi 350 nafar jangari yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
Amerika kontingenti chiqib ketishi fonida toliblar hujum boshladi va yigirma yillik urush tugaganini e’lon qilib, barcha yirik shaharlarni egallab oldi. Ularning nazorati ostida bo‘lmagan yagona viloyat - poytaxt shimoli-sharqidagi tog‘li hududda joylashgan Panjshir.
U yerda 2001-yil 9-sentabrda o‘ldirilgan “Shimoliy alyans” rahbari Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud boshchiligida qarshilik ko‘rsatish kuchlari to‘plangan.
"Tolibon* inklyuziv hukumat tuzib, fuqarolik huquqlarini himoya qilsa, qarshi kurash tugaydi", - deb aytdi u.
Al-Qoida*- yirik terrorchilik tashkilotlaridan biri, uning hisobida ko‘plab hujumlar, shu jumladan AQShda 2001-yil 11-sentabrda sodir etilgan teraktlar.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari