“Tolibon” yangi hukumat yetakchisini ma’lum qildi

© AP Photo / Zabi KarimiBoyeviki Talibana v prezidentskom dvorse v Kabule, Afganistan
Boyeviki Talibana v prezidentskom dvorse v Kabule, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Obuna bo‘lish
Toliblar tomonidan tuzilgan Afg‘onistonning yangi hukumatiga harakatning yetakchisi Haybatullo Oxunzoda rahbarlik qilishi ma’lum qilindi.
TOShKENT, 2 sen – Sputnik.“Tolibon”* tomonidan tuzilgan Afg‘onistonning yangi hukumatiga harakatning yetakchisi Haybatullo Oxunzoda rahbarlik qiladi. Bu haqda “Tolibon”ning madaniyat bo‘yicha qo‘mita a’zosi Anamulla Samanganiy ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Tolo News telekanali.
“U (Oxunzoda – tahr.) hukumat rahbari bo‘ladi, bunga hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak”, - degan Samanganiy.
Kuni kecha RIA Novosti o‘z manbasiga tayangan holda “Tolibon”* yangi hukumat tuzilganini 3-sentabr kuni e’lon qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgandi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreshennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Prezident kerakmas: Afg‘onistonni bir necha kishi boshqaradi
Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri etib “Tolibon”* siyosiy ofisining rahbari Abdul G‘ani Barodar tayinlangan. Harakat rahbarining asoschisi Yoqub Oxund Mudofaa vaziri rahbari bo‘lgan, radikal yetakchilaridan biri Jaloliddin Haqqoniyning o‘g‘li Xalif Haqqoniy ichki ishlar vaziri lavozimini egallagan.
Jangarilar avgust oyida Afg‘onistonning deyarli butun hududini egallab oldi. Panjsher ular nazorati ostida bo‘lmagan yagona viloyat bo‘lib qolmoqda. Afg‘oniston qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’ud agar inklyuziv hukumat tuzilib, fuqarolik huquqlari hurmat qilinishini ta’minlasa, toliblarga qarshi kurash yakunlanishini ma’lum qilgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0