https://oz.sputniknews.uz/20210824/prezident-kerakmas-afgonistonni-bir-necha-kishi-boshqaradi-20210627.html
Prezident kerakmas: Afg‘onistonni bir necha kishi boshqaradi
Prezident kerakmas: Afg‘onistonni bir necha kishi boshqaradi
Sputnik O‘zbekiston
Toliblarga prezident kerak emas, shu bois, "Tolibon"* harakati Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishidan iborat kengashni tashkil qilishni rejalashtirmoqda. 24.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-24T11:08+0500
2021-08-24T11:08+0500
2021-08-24T11:09+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
tolibon
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/14/20160530_0:175:3018:1873_1920x0_80_0_0_b6af35d9e369e66ad8130dac95d49465.jpg
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. "Tolibon"* Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishilik kengashni shakllantirishni rejalashtirmoqda, kengashga mamlakatning oldingi hukumatidan ayrim a’zolar ham jalb etiladi, deb xabar berdi Foreign Policy jurnali harakat yetakchilariga tayangan holda.Ta’kidlanishicha, toliblar Afg‘onistonda prezident yoki boshqa yakka yetakchi lavozimini qayta tiklashni rejalashtirmayapti.Shu bilan, qayd etilmoqdaki, yangi afg‘on hukumati kengashidagi uch nafar eng obro‘li shaxslar toliblarning siyosiy qanoti yetakchisi Abdul G‘ani Barodar, "Tolibon"* harbiy komissiyasi rahbari Moulavi Yakub va "Haqqoniy tarmog‘i" diversion uyushmasi rahbari Sirojiddin Hakkoniy bo‘lishi kutilmoqda.Shu bilan birga, bundan oldingi, AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinadigan hukumat a’zolariga vazirliklarda va ular xohishiga ko‘ra, yangi hukumatda lavozimlar taklif etish rejalashtirilgan.Shuningdek, Yakub va Barodarga yaqin bo‘lgan manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, toliblar boshqaruv kengashi tarkibida mashhur dala qo‘mondoni Axmad Shoh Mas’udning o‘g‘li kichik-Ahmad Shoh Mas’udni ko‘rish istagini bildirganlar.*- "Tolibon" harakati Rossiya Federatsiyasi va qator boshqa mamlakatlarda terroristik uyushma sifatida tan olingan.
https://oz.sputniknews.uz/20210823/ahmad-masud-toliblar-etakchisi-bilan-muzokara-otkazdi-20198484.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/14/20160530_144:0:2875:2048_1920x0_80_0_0_5c3b882d16beb4505ac2215d445bd824.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, tolibon, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, tolibon, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Prezident kerakmas: Afg‘onistonni bir necha kishi boshqaradi
11:08 24.08.2021 (yangilandi: 11:09 24.08.2021) Toliblarga prezident kerak emas, shu bois, "Tolibon"* harakati Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishidan iborat kengashni tashkil qilishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. "Tolibon"* Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishilik kengashni shakllantirishni rejalashtirmoqda, kengashga mamlakatning oldingi hukumatidan ayrim a’zolar ham jalb etiladi, deb xabar berdi Foreign Policy jurnali harakat yetakchilariga tayangan holda.
Ta’kidlanishicha, toliblar Afg‘onistonda prezident yoki boshqa yakka yetakchi lavozimini qayta tiklashni rejalashtirmayapti.
Shu bilan, qayd etilmoqdaki, yangi afg‘on hukumati kengashidagi uch nafar eng obro‘li shaxslar toliblarning siyosiy qanoti yetakchisi Abdul G‘ani Barodar, "Tolibon"* harbiy komissiyasi rahbari Moulavi Yakub va "Haqqoniy tarmog‘i" diversion uyushmasi rahbari Sirojiddin Hakkoniy bo‘lishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, bundan oldingi, AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinadigan hukumat a’zolariga vazirliklarda va ular xohishiga ko‘ra, yangi hukumatda lavozimlar taklif etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Yakub va Barodarga yaqin bo‘lgan manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, toliblar boshqaruv kengashi tarkibida mashhur dala qo‘mondoni Axmad Shoh Mas’udning o‘g‘li kichik-Ahmad Shoh Mas’udni ko‘rish istagini bildirganlar.
*- "Tolibon" harakati Rossiya Federatsiyasi va qator boshqa mamlakatlarda terroristik uyushma sifatida tan olingan.