Xitoyda voyaga yetmaganlar uchun onlayn o‘yinlarga keskin choralar joriy etildi

Geymer - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Obuna bo‘lish
Endi onlayn o‘yinlar sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bolalarga haftasiga faqat uch kun o‘ynashga ruxsat berishi kerak.
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi matbuot va bosma ishlari bo‘yicha davlat boshqarmasi onlayn o‘yinlarda vaqtini o‘tkazadigan voyaga yetmaganlar uchun keskin cheklovlar joriy etdi. Bu haqdaSinxua” agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, sentabrdan Xitoyda yangi qoidalar kuchga kiradi. Endi onlayn o‘yinlar sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bolalarga haftasiga faqat uch kun – juma, shanba va yakshanba, shuningdek, bayram kunlari o‘yin o‘ynashga ruxsat beradi. Voyaga yetmaganlar shu kunlari faqat bir soat, 20:00 dan 21:00 gacha, o‘yin o‘ynashlari mumkin. Maxsus komissiya bu talablarga rioya qilinayotgani yoki qilinmayotganini tekshiradi.
Mestnie jiteli goroda Lxasa v Tibete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Xitoyda ovqat isrofgarchiligiga qarshi qonun qabul qilindi
Shu bilan bir qatorda o‘yin akkauntlariga nisbatan talablar kuchaytirilmoqda. Ta’kidlanishicha, bunday chora “yosh avlodning sog‘lom rivojlanishi uchun qulay muhitni” yaratishga imkon beradi.
2019 yilda Xitoyda onlayn o‘yin o‘ynaydigan bolalar uchun komendantlik soati joriy qilingandi. Voyaga yetmaganlarga soat 22:00 dan 08:00 gacha o‘ynash taqiqlanadi. 2021-yilda Xitoy hukumati onlayn o‘yindar uchun yuzni tanib oluvchi tizimini ishga tushirdi. U taqiqlangan vaqtda o‘zini katta qilib ko‘rsatgan bolalarni aniqlaydi.
Yangi tizim pasport ma’lumotlariga bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yinchining yuzini skaner qiladi. Agar o‘yinchi yuzini ko‘rsatishdan bosh tortsa, u o‘z o‘zidan voyaga yetmagan sanaladi. Keyin u kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketganlarning ehtimoliy ro‘yxatiga kiritiladi va avtomatik ravishda o‘yindan chiqarib tashlanadi.
Yangiliklar lentasi
0