Xitoyda ovqat isrofgarchiligiga qarshi qonun qabul qilindi

© Sputnik / Zhanna Manukyan / Mediabankka o‘tishMestnie jiteli goroda Lxasa v Tibete
Mestnie jiteli goroda Lxasa v Tibete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘tkazilgan tadqiqotlarga muvofiq, Pekin, Shanxay, Chendu va Lxase shaharlarida yiliga o‘rtacha 17-18 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari axlatga tashlab yuboriladi. Bu mahsulotlar bilan 30-35 million kishini bir yil davomida ta’minlash mumkin bo‘lardi.
TOShKENT, 29 apr – Sputnik. Xitoy parlamenti payshanba kuni oziq-ovqat mahsulotlarini isrof qilishga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.
Qonun mamlakatning eng yuqori qonun chiqaruvchi organi – Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishi Doimiy qo‘mitasi sessiyasida ovoz berish natijasida qabul qilindi va bugundan kuchga kiradi.
Xitoy hukumati uchun ilgari ulkan aholini to‘ydirish masalasi doimiy chaqiriq bo‘lgan. Bu masala hal etildi, endilikda hukumat juda katta ko‘lam olgan mahsulotlar isrofgarchiligiga qarshi kurashishga kirishdi.
Tinchlik bo‘yicha Nobelni BMT oziq-ovqat dasturi qo‘lga kiritdi
Xitoy yetakchisi Si Szinpin "oziq-ovqat mahsulotlarini isrof qilish holati dahshatli va asabiylashtiruvchi" ekanligini aytib, aholi o‘rtasida ovqatlanishda meyorga amal qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini boshlashni buyurdi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi odamlarda "oziq-ovqatni isrof qilishda uyat tuyg‘usini, tejamkorlik uchun esa faxr tuyg‘usini rivojlantirishga” da’vat qildi.
Si Szinpin buyrug‘idan keyin Xitoyda “Toza likopcha” aksiyasi ishga tushdi va hozirda millionlab odamlar bu aksiyaga qo‘shilishga ulgurishgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar bo‘sh likopchalar aks etgan suratlar va videolar bilan bo‘lishib, bu bilan likopchadagi ovqatning hammasi to‘liq tanovvul qilinganini namoyish qilishmoqda.
Zasedanie OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2020
BMT "injil ko‘lamidagi" ochlik xavfi haqida ogohlantirdi
Xitoyda har yil 35 million oziq-ovqat iste’molchilarga yetib borishdan oldin sarqitga chiqadi. Har yili Xitoyning 500ta shahridan har bittasida o‘rtacha 50 tonnaga yaqin oziq-ovqat chiqindilari ishlab chiqiladi.
O‘tkazilgan tadqiqotlarga muvofiq, Pekin, Shanxay, Chendu va Lxase shaharlarida yiliga o‘rtacha 17-18 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari axlatga tashlab yuboriladi. Bu mahsulotlar bilan 30-35 million kishini bir yil davomida ta’minlash mumkin bo‘lardi.
Xitoydagi oziq-ovqat qoldiqlarini ishlab chiquvchi eng yirik manbalar bu korporativlardir.
Pokupatelnitsa v maske i perchatkax v produktovom magazine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
MB o‘zbekistonliklarni ayrim oziq-ovqat narxlari sezilarli o‘sishi ehtimolidan ogohlantirdi
Xitoy restoranlarida odatga ko‘ra turli oziq-ovqatlarni katta porsiyalarda buyurtma berishadi, agar ovqat ortib qolgan taqdirda uni o‘zlari bilan olib ketishadi.
Korporativ va banketlarda ahvol sal boshqacharoq. Odatga ko‘ra, ziyofatlarda odamlar ortib qolgan yeguliklarni o‘zlari bilan olib ketishga istihola qilishadi va bu katta hajmdagi isrofgarchilikka olib keladi.
Xitoy hukumati bu masala bilan ko‘p yillardan buyon shug‘ullanib kelishadi, eng katta muammo bolalarda ovqatlanishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka ko‘nikma hosil qilish, deya bu borada ham kerakli chora-tadbirlar ko‘rilgan.
Ammo bularning barchasiga qaramay, mamlakatda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish fenomeri hanuzgacha katta muammoligicha qolmoqda.
Yangiliklar lentasi
0