Tokayev Qozog‘iston hukumatiga AES qurilishi muhokamasiga bir yil muddat berdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaProyekt AES v Uzbekistane
Proyekt AES v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston rahbarining ta’kidlashicha, yaqin yillarda mamlakat energiya tanqisligiga duch keladi. Shu bois, qayta tiklanadigan energetika manbalari bilan tinch atomni ham joriy qilish zarur
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bir yil davomida Qozog‘istonda xavfsiz atom energetikasini rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganish topshirig‘ini berdi.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonning barqaror rivojlanishi masalasi energetika sohasiga bog‘liqdir. Davlat rahbari 2060-yilda uglerod neytralligiga yetish masalasini qo‘ygan bo‘lib, shu bois, bu yo‘nalishda juda pragmatik ish olib borish kerak bo‘ladi, deya fikr bildirgan Tokayev.
Maket AES  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2021
Shavkat Abdukamilov: O‘zbekiston bo‘lajak AES ishonchliligiga shubha qilmaydi
"Ulkan mamlakatimiz aholisi, iqtisodiyoti o‘smoqda. Sifatli o‘sish uchun bizga energiya kerak. Ko‘mir davri sekin-astalik bilan nihoya topmoqda, endi esa qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan tashqari, biz energiyani bazaviy generatsiya qilishning ishonchli manbalari haqida ham o‘ylab ko‘rishimiz kerak bo‘ladi. 2030-yilga kelib, Qozog‘istonda elektr energiyasi tanqisligi muammosi yuzaga keladi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bunda eng optimal yechim – bu tinch atomdir. Bu oddiy masalamas, shu bois unga hech qanday ortiqcha farazlarsiz va hissiyotlarsiz, maksimal ratsional tarzda yondashish kerak. Hukumat va "Samruk-Kazina" bir yil ichida Qozog‘istonda xavfsiz va ekologik atom energetikasini rivojlantirish imkoniyatini o‘rganishlari kerak", - dedi Tokayev Qozog‘iston xalqiga murojaati vaqtida.
Maket AES na stende Rostexa v ramkax vistavki INNOPROM - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Rossiya Qozog‘istonda AES qurishga tayyor
Tokayev, tinch atomdan foydalanish masalasini, shuningdek, muhandislik ishini rivojlantirish, mamlakatda yangi avlod malakali muhandis-atomchilarni shakllantirish nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilishi kerakligini ta’kidladi.
Ta’kidlash joizki, Qozog‘iston atom elektr stansiyasini qurish masalasini birinchi yil muhokama qilayotgani yo‘q. Mamlakat energetika vazirligi ikkita viloyatda AES qurish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi, ammo aholi orasidagi turfa reaksiyadan so‘ng AES qurish masalasini bir muddat kechiktirish qarori qabul qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0