https://oz.sputniknews.uz/20210420/rossiya-qozogistonda-aes-qurishga-tayyor-18413990.html
Rossiya Qozog‘istonda AES qurishga tayyor
Rossiya Qozog‘istonda AES qurishga tayyor
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 20 apr – Sputnik. Rossiya va Qozog‘istonning atom energetikasidan tinchlik maqsadida foydalanish bo‘yicha hamkorligi bir joyda turgani yo‘q, dedi Rossiya
2021-04-20T14:29+0500
2021-04-20T14:29+0500
2021-04-20T14:29+0500
dunyoda
aes
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/05/18151824_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_a737f0c1e4ef8e36e221614f750d8bf6.jpg
TOShKENT, 20 apr – Sputnik. Rossiya va Qozog‘istonning atom energetikasidan tinchlik maqsadida foydalanish bo‘yicha hamkorligi bir joyda turgani yo‘q, dedi Rossiya Federatsiyasining Qozog‘iston Respublikasidagi elchisi Aleksey Borodavkin.Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar bermoqda."Shuni takrorlamoqchimanki, agar Qozog‘istonda tegishli qaror qabul qilinsa, Rossiya bu yerda atom elektrostansiyasini qurishga tayyor bo‘ladi", - deb bayonot bergan Borodavkin "Rossiya va Qozog‘iston: 30-yillik strategik sheriklik va hartomonlama hamkorlik" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda.Elchi o‘z nutqida "koordinatalar dunyoqarashi tizimi, xalqlarimiz o‘rtasidagi bir-biriga mos keladigan bazaviy qadriyatlar asrlar davomida shakllanib kelganligini" ta’kidladi. Ulkan Yevroosiyo makonlari xalqlarni bo‘lmadi, balki ularni birlashtirdi, deya davom etdi u.Borodavkin Rossiya Qozog‘iston bilan mintaqaviy va ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan Orol dengizini qutqarish, Ural va Irtish darolaridagi suvdan foydalanish orqali "yashil" yo‘lda aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanligini qo‘shimcha qildi.2019 yilda Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev atom elektr stansiyasi qurilishi hozircha rejalashtirimayotganini ma’lum qilgan edi. Agar zarurat tug‘ilsa, mamlakatda bu masalada referendum o‘tkazish mumkin, degan Tokayev.
https://oz.sputniknews.uz/20210106/zbekistonda-AES-ishga-tushsa-bosha-respublikalarda-am-iziish-paydo-bladi--ekspert-15737995.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/05/18151824_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_5063c81a629388b7765bd33c6024a810.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aes
Rossiya Qozog‘istonda AES qurishga tayyor
Agar Qozog‘istonda tegishli qaror qabul qilinsa, Rossiya atom elektr stansiyasi qurilishiga kirishishi mumkin, dedi elchi.
TOShKENT, 20 apr – Sputnik. Rossiya va Qozog‘istonning atom energetikasidan tinchlik maqsadida foydalanish bo‘yicha hamkorligi bir joyda turgani yo‘q, dedi Rossiya Federatsiyasining Qozog‘iston Respublikasidagi elchisi Aleksey Borodavkin.
Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar bermoqda.
"Shuni takrorlamoqchimanki, agar Qozog‘istonda tegishli qaror qabul qilinsa, Rossiya bu yerda atom elektrostansiyasini qurishga tayyor bo‘ladi", - deb bayonot bergan Borodavkin "Rossiya va Qozog‘iston: 30-yillik strategik sheriklik va hartomonlama hamkorlik" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda.
Elchi o‘z nutqida "koordinatalar dunyoqarashi tizimi, xalqlarimiz o‘rtasidagi bir-biriga mos keladigan bazaviy qadriyatlar asrlar davomida shakllanib kelganligini" ta’kidladi. Ulkan Yevroosiyo makonlari xalqlarni bo‘lmadi, balki ularni birlashtirdi, deya davom etdi u.
"Ruslar va qozoqlar Ulug‘ Vatan urushi frontlarida birga jang qilishgan, natsist Germaniyasini tor-mor qilishgan. Aynan qozoq zaminidan insoniyat fazoga qadam qo‘ygan. Uchinchi jahon urushining oldini olishga imkon bergan sobiq sovet ittifoqi respublikalari yadroviy qalqoni bu yerda yaratilgan. Ammo biz qatag‘on yillari, 30-yillardagi ochlik, xalqlarning zo‘rlik bilan deportatsiya qilinishi, yadroviy sinovlarning oqibatlari va sobiq Sovet ittifoqidagi boshqacha fikrlashning kuch bilan bostirilishi haqida ham yaxshi eslaymiz. Bu ham bizning umumiy tariximizdir", - dedi Rossiyaning Qozog‘istondagi elchisi Aleysey Borodavkin.
Borodavkin Rossiya Qozog‘iston bilan mintaqaviy va ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan Orol dengizini qutqarish, Ural va Irtish darolaridagi suvdan foydalanish orqali "yashil" yo‘lda aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanligini qo‘shimcha qildi.
2019 yilda Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev atom elektr stansiyasi qurilishi hozircha rejalashtirimayotganini ma’lum qilgan edi. Agar zarurat tug‘ilsa, mamlakatda bu masalada referendum o‘tkazish mumkin, degan Tokayev.