https://oz.sputniknews.uz/20210901/texnikumlar-va-kollejlar-otmga-oqishga-kirmaganlarni-bepul-oqitadi-20331129.html
Texnikumlar va kollejlar OTMga o‘qishga kirmaganlarni bepul o‘qitadi
Texnikumlar va kollejlar OTMga o‘qishga kirmaganlarni bepul o‘qitadi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident qaroriga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi. 01.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-01T17:37+0500
2021-09-01T17:37+0500
2021-09-01T17:37+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ta’lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/01/20331070_0:154:3049:1869_1920x0_80_0_0_4cba44d65837b4eeb9a8c36c457637db.jpg
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida ma’lum qilindi.Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan:Shuningdek, qarorga muvofiq 2022/2023 o‘quv yilidan texnikumlarga qabul parametrlarini shakllantirishda qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, xizmat ko‘rsatish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashning davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich ko‘paytirishni amalga oshirish nazarda tutilgan.Bundan tashqari, OTMga o‘qishga kirmagan maktablarning 11-sinf bitiruvchilarini texnikumlar va kollejlarda birinchi kasb yoki mutaxassisliklar bo‘yicha bepul o‘qitishni nazarda tutadi.
https://oz.sputniknews.uz/20201116/ozirgi-tekhnikumlar-oldingisidan-nimasi-bilan-far-iladi-15415518.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/01/20331070_176:0:2871:2021_1920x0_80_0_0_100727f990be06b83880fb4569457fc3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, ta’lim
jamiyat, o‘zbekiston, ta’lim
Texnikumlar va kollejlar OTMga o‘qishga kirmaganlarni bepul o‘qitadi
Prezident qaroriga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi.
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida
ma’lum qilindi. Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan:
oliy ta’lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi;
turdosh OTM hamda asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq tashkilotlariga 213 ta texnikum biriktiriladi;
Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Jizzax xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi tugatilib, uning barcha mol-mulki TATU huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga o‘tkaziladi;
texnikumlar va akademik litseylarda malaka talablari, o‘quv reja va dasturlar, o‘quv-meyoriy hujjatlar tayanch OTM tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
OTMlar o‘zlariga biriktirilgan texnikumlarni o‘quv-metodik hujjatlar bilan ta’minlaydi.
Shuningdek, qarorga muvofiq 2022/2023 o‘quv yilidan texnikumlarga qabul parametrlarini shakllantirishda qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, xizmat ko‘rsatish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashning davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich ko‘paytirishni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, OTMga o‘qishga kirmagan maktablarning 11-sinf bitiruvchilarini texnikumlar va kollejlarda birinchi kasb yoki mutaxassisliklar bo‘yicha bepul o‘qitishni nazarda tutadi.