Hozirgi texnikumlar oldingisidan nimasi bilan farq qiladi?

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishItogovoe sochinenie po literature v rossiyskix shkolax
Itogovoe sochinenie po literature v rossiyskix shkolax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda joriy etilayotgan yangi professional ta’lim tizimi tizim 3 toifaga bo‘lindi: kasb-hunar maktablari, idoraviy kollejlar va texnikumlar.

TOShKENT, 16 noya - Sputnik. Bugun O‘zbekistonda amal qilayotgan yangi professional ta’lim tizimi oldingi o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim tizimidan nimasi bilan farq qiladi?

Ushbu savolga bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Murodilla Xolmuhamedov javob berdi. 

— Birinchi, asosiy farqi: oldin bir qolipda ishlaydigan kasblarning murakkabligi, u yerda shakllanadigan amaliy ko‘nikmalar hajmi, mas’uliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, 3-yillik standartda ishlaydigan o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim diplomi beradigan kasb-hunar kollejlari mavjud edi. Bugun esa yangicha uslubdagi professional ta’lim tizimi joriy etilmoqda, - deydi Xolmuhamedov. 

Yangi tizim 3 toifaga bo‘lindi:

  1. Kasb-hunar maktablari - bu maktabning yuqori sinfida birlamchi kasbiy tayyorgarlikdan o‘tadigan, boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatadigan kasb-hunar maktablaridir. Ularning soni 339 ta etib belgilandi. Bu yil ularga birinchi marta qabul amalga oshirildi. Hozir kasb-hunar maktablarida o‘quv-jarayoni davom etmoqda.
  2. Idoraviy kollejlar - vazirlik, idora va yirik ish beruvchilarga taqsimlab berildiki, o‘zlarining loyihalarini hayotga tatbiq qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirishda mazkur kollejlar orqali yangi yaratilgan ish o‘rinlariga maqsadli ravishda mutaxassis tayyorlaydi.
  3. Texnikumlar tarmog‘i - yangi texnikumlarda oliy ta’lim dasturlari bilan uyg‘unlashtirilgan holda, bakalavrning to‘rtdan bir qismida shakllanadigan bilim, malaka, ko‘nikmalari texnikumlarning o‘quv reja va o‘quv dasturiga singdirildi. Texnikumni yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilarga ta’lim maskanini bitirganidan keyin imtihonsiz bakalavriatning 2-kursidan o‘qishni davom ettirish imkoniyati berildi. Bunday imtiyoz oldingi texnikumlarda bo‘lmagan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda 26 ta vazirlik va idora tizimida 201 ta kollej mavjud. Belgilangan kvotaga ko‘ra, 81 325 nafar abituriyent kollejlarga qabul qilinishi kerak. Shundan 12 762 nafari davlat granti asosida, qolgan qismi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Undan tashqari 62ta OTMlar huzurida 185ta texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0