Rossiya G‘arb bilan hamkorlik qilishga tayyor – Lavrov

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya G‘arb bilan hamkorlik qilishga tayyor – RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Rossiya qarama-qarshilikka yoki undan ham yakkalanishga intilmayapti, u G‘arb bilan hamkorlik qilishga tayyor, lekin "o‘qituvchi-shogird" tamoyili bo‘yicha emas, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Biz hech qachon na qarama-qarshilik, na o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishga intilmaganmiz, va agar ular o‘z yondashuvini o‘zgartirib, lekin Rossiya o‘quvchi, o‘z uy vazifasini bajarishi kerak, ular esa hamma narsani biladigan va gunohsiz o‘qituvchi sifatida harakat qilishni bas qilsa, G‘arb davlatlari bilan muloqotga ochiqmiz. Hech kim bilan bunday gaplashib bo‘lmaydi, ayniqsa Rossiya bilan", - dedi u MGIMOda chiqish paytida.
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Lavrov Baydenning boshqa davlatlar ishlariga aralashmaslik haqidagi bayonotini olqishladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb Rossiya bilan teng huquqli gaplashishni istamaydi, lekin bu hech qayerga olib bormaydigan yo‘l.
"Davlatlararo miqyosda g‘arblik hamkasblarimizda biz bilan teng sharoitda gaplashish istagi yo‘q, har doim bizdan xulq-atvorimizni o‘zgartirish, o‘zlari to‘g‘ri deb o‘ylaydigan darajada o‘zimizni tutishimizni talab qilishadi. Bu hech qayerga olib bormaydigan yo‘l", - dedi Lavrov.
Rossiya bir-birining manfaatlarini inobatga olgan holda ochiq, konstruktiv, o‘zaro hurmatga asoslangan muloqotga ochiq, deb ta’kiladi diplomat.
Yangiliklar lentasi
0