Lavrov Baydenning boshqa davlatlar ishlariga aralashmaslik haqidagi bayonotini olqishladi

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Obuna bo‘lish
Lavrov Baydenning boshqa davlatlar ishlariga aralashmaslik haqidagi bayonotini baholadi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden boshqa davlatlarning ishlariga aralashishni to‘xtatish haqida bayonoti berdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bu ijobiy holat, Moskva bu yondashuvni olqishlaydi.

"Juda qiziq fursat, buni AQSh prezidenti Bayden ham, Fransiya prezidenti Makron ham qayd etishdi: ikkalasi bir yoki ikki kunlik tanaffus bilan boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, ularga G‘arb uslubidagi demokratiyani o‘rnatishni to‘xtatish vaqti kelganini e’lon qilishdi",- dedi Lavrov MGIMO talabalari bilan uchrashuvda.

"Biz bunday bayonotlarni olqishlaymiz. Biz anchadan buyon g‘arblik hamkasblarimizni so‘nggi o‘n yillikda o‘zlari aralashib qolgan avantulardan saboq olishga chorlab kelganmiz", - dedi vazir.
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Qo‘rqoq va xoinmi? Afg‘on elchisi Ashraf G‘ani haqida
“Umid qilamanki, agar bu bayonot mashaqqatli xulosani aks ettirsa, kelajakda sayyoramiz ozgina tinchroq bo‘ladi”, - deb qo‘shimcha qildi diplomat.
Dushanba kuni AQSh Afg‘onistondan to‘liq qo‘shinlarni olib chiqib, 20-yillik missiyasini yakunladi. Seshanba kuni xalqqa qilgan o‘z murojaatida Jo Baydenning aytishicha, AQSh Afg‘onistondan chiqib ketishi boshqa mamlakatlarni kuch bilan qayta tiklashga urinish davri ostiga chiziq chizadi.
Yangiliklar lentasi
0