Lavrov G‘arb Rossiya atrofida “notinchlik belbog‘i” yaratishga urinayotganini ta’kidladi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
Obuna bo‘lish
G‘arb Rossiyani qandaydir sanitar kordon bilan o‘rab olib, qo‘shni davlatlarga ta’sir o‘tkazgan holda, bunday qandaydir daromad oligna urinmoqda.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. G‘arb Rossiya atrofidagi hududlarda vaziyatni notinch qilishga urinmoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

“AQSh va YeI bizning yaqin qo‘shni va qardosh xalqlarimizni G‘arb yoki Rossiya orasida tanlov qilishga majburlash yo‘li bilan, bizning atrofimizda notinchlik belbog‘i yaratishga urinmoqda”, - dedi Sergey Lavrov Duma deputatlarining “Tashqi siyosiy sharoitlar” mavzusida bo‘lib o‘tgan vebinarida.

Rossiya va uning atrofidagi hududlarni ham harbiy ham iqtisodiy yo‘llar bilan o‘zlashtirishga urinishlar bo‘lmoqda, deb qo‘shimcha qildi diplomat.
“Ular bizni qandaydir sanitar kordoni bilan o‘rab olib, qo‘shni davlatlar rivojlanishiga ta’sir o‘tkazgan holda, bundan hatto qandaydir daromad olishga ham urinishmoqda”, - deydi Lavrov.
G‘arbning asl maqsadi Ukrainada yaqol namoyon bo‘lmoqda. So‘nggi oylarda esa rangli inqilob uslublari hatto Belarusda ham qo‘llashda urinib ko‘rishmoqda. AQSh va YeI saylovoldi kampaniyasiga aralashgan holda, Molodova uchun ham keskin kurash boshlagan.
Vstrecha prezidentov Rossii i SShA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2021
Putin va Bayden RFning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalarini muhokama qilgan - OAV
“Endi bo‘lsa, bizning g‘arbiy hamkasabalarimiz o‘z harbiy ishtirokini Markaziy Osiyo va Kavkaz Orti hududlariga ham ko‘chirishga urinib ko‘rishmoqda”, - deydi TIV rahbari.
Eslatib o‘tamiz, AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketganidan so‘ng Afg‘onistonda vaziyat keskin yomonlashdi. U yerda Tolibon* mamlakatning deyarli yarmini egallab olgan va hukumat qo‘shinlari bilan jang olib bormoqda. An shunday vaziyatda AQSh Markaziy Osiyo davlatlaridan Afg‘onistonda ularga xizmat qilgan 10 ming nafar afg‘onlarni qabul qilishni so‘ramoqda.
Yangiliklar lentasi
0