Xorazmlik ayolning salomatligi bilan ro‘y bergan holat emlanishga bog‘liq emas – SSV

Shpris - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2021
Obuna bo‘lish
Aniqlanishicha, ayol gepatit S va ikkala ko‘z miopiya yengil darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. SSV ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida vaksina olgandan so‘ng ahvoli og‘irlashgani aytilgan fuqaro yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, videolavhadagi fuqaro S.Yo. 30 yoshda. U ilgari meningit belgilari bilan muolaja olgan, gepatit S va ikkala ko‘z miopiya yengil darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan.
Fuqaro 27-avgust kuni shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, vaksina olishga qarshi ko‘rsatma bo‘lmaganligi sababli koronavirusga qarshi emlangan va oilaviy shifokor kuzatuvida bo‘lgan. Vaksina olgandan keyin hech qanday nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagach, akasi S.O.ning uyiga ketgan.
Vaksinatsiya Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2021
Vaksina olganidan keyin fuqaroning ahvoli og‘irlashgani aytilmoqda: SSV tekshiruvni boshladi
Shu kuni tungi soat chamasi 21:17larda S.Yoda umumiy holsizlik, qo‘l-oyoq tortishishi, nafas qisishi kabi belgilar kuzatilgan va shundan so‘ng fuqaroning yaqinlari tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. Tibbiy brigada tomonidan S.Yoga “Vegetotomir distoniyasi” dastlabki tashxisi qo‘yilib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
So‘ng u tekshiruv va davolash uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm filialiga olib borilgan. U davolash muassasasi qabul bo‘limida nevropatolog shifokor tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, belgilangan standartlar asosida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan va kuzatuvda bo‘lishi tushuntirilgan. Biroq, fuqaro shifoxonada yotishdan bosh tortgan.
“Videomurojaatda ko‘zi ko‘rmay qolganligi qayd etilgan S.Yo. mazkur davolash muassasasi qabulxonasiga tez yordam mashinasidan mustaqil tushib, shifokor qabuliga o‘zi yurib kirganligi va yurib chiqib ketganligi videolavhada aytilgan so‘zlar haqiqatga mos kelmasligini ko‘rsatadi”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, bugun Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori G‘ayrat Qoriyev boshchiligidagi neyroxirurg, infeksionist, nevropatolog, oftalmolog va immunolog kabi qator mutaxassislar S.Yo.ni yana bir bor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan. Ko‘rik davomida S.Yo.ning ahvoli qoniqarli, nafas olishi va yurak urishi meyoridaligi ma’lum bo‘lgan. Qolaversa, uning ko‘z tubida patologik o‘zgarishlar aniqlanmagan. Ayni paytda S.Yo. o‘zini yaxshi his qilmoqda.
“Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan bosh mutaxassislarning yakuniy xulosalariga ko‘ra, fuqaro S.Yo.ning bir kun avvalgi sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar emlash bilan bog‘liq emasligi oydinlashgan”, - deyilgan vazirlik xabarida.
SSV bugungi kunda mamlakatga olib kelinayotgan va butun dunyoda qo‘llanilayotgan koronavirusga qarshi vaksinalar bo‘yicha ma’lum qarshi ko‘rsatmalar bo‘lib, eng asosiy mone’liklardan biri bu - anafilaktik shok ekanini eslatgan.
Ushbu holat avval boshqa dorilar yoki vaksinaga nisbatan qandaydir reaksiyalar va anafilaktik shok yuz bergan bemorlardagina kuzatilishi mumkin. Boshqa hech bir insonda bunday noxush holat ro‘y bermaydi. Vaksina qilishga eng asosiy monyeliklardan biri hisoblangan anafilaktik shok holati vaksina qilingandan keyin 30 daqiqa ichida ro‘y berishi mumkin.
Medik gotovit shpris s vaksinoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Koronavirusga qarshi emlashga vaqtinchalik va doimiy monelik qiluvchi holatlar belgilandi
Ta’kidlanishchia, xorazmlik S.Yo. esa emlashdan avval hamda vaksina olgandan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va hech qanday salbiy ta’sirlar kuzatilmagandan so‘nggina uyiga ruxsat berilgan.
Agar S.Yo.ning sog‘ligidagi salbiy o‘zgarishlar chindan ham vaksina bilan bog‘liq bo‘lganida, unda 30 daqiqa ichida anafilaktik shok yoki bir nuqtaga qarab, qotib qolish holati kuzatilgan bo‘lardi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada ko‘rish mumkinki, S.Yo.ning es-xushi joyida, yon-atrofidagi gap-so‘zlarni eshitib, tushunib turibdi, hech qanday sudurgi holatlari yo‘q.
Vazirlik fuqarolardan koronavirusga qarshi emlash tadbirlariga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishlarini, vaksina haqida fikr bildirishdan avval masalaga mulohaza bilan yondoshishlarini, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan kimnidir obro‘sizlantirish, aholi o‘rtasida emlash bo‘yicha noto‘g‘ri tassavvur uyg‘otish maqsadida foydalanmasliklarini so‘rab qolgan.
Yangiliklar lentasi
0