Vaksina olganidan keyin fuqaroning ahvoli og‘irlashgani aytilmoqda: SSV tekshiruvni boshladi

© SputnikVaksinatsiya Sputnik V
Vaksinatsiya Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2021
Obuna bo‘lish
Xorazm viloyatida vaksina olgandan keyin ahvoli og‘irlashgan fuqaro haqida video yuzasidan bayonot berdi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida vaksina olgandan keyin ahvoli og‘irlashgan fuqaro haqida video lavha tarqaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bu vaziyatni nazoratga oldi. Bemorning ahvolini o‘rganish va bu holat nima sababdan yuz berganiga aniqlik kiritish maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzildi.
Proizvodstvo vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2021
Rossiyada koronavirusga qarshi yana bir vaksina paydo bo‘ldi
Ishchi guruh tarkibiga mamlakatining tajribali infeksionist, reanematolog, oftalmolog, virusolog, immunolog, nevropatolog, psixolog kabi mutaxassislari kiritildi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Shu paytgacha respublikada qo‘llanilayotgan vaksinalar bilan emlangan aholi vakillarida birorta jiddiy salbiy ta’sir kuzatilmagan, deb eslatdi vazirlik.
Yangiliklar lentasi
0