https://oz.sputniknews.uz/20210829/rossiyada-tahsil-olish-20281546.html
O‘zbekistonlik talabalarning Rossiyada tahsil olishi: kvota, emlanish va yotoqxona
O‘zbekistonlik talabalarning Rossiyada tahsil olishi: kvota, emlanish va yotoqxona
Sputnik O‘zbekiston
1 sentabr yaqinlashib kelmoqda va ko‘plab o‘zbekistonlik talabalarni pandemiya sharoitida Rossiyaga kelish va o‘qish sharoitlariga oid savollar o‘ylantirashi tabiiy. 29.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-29T11:57+0500
2021-08-29T11:57+0500
2023-04-05T18:34+0500
analitika
talabalar
otm
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/08/15961465_0:56:2969:1726_1920x0_80_0_0_7bf161c8dd278f74df0dbedb9501bac0.jpg
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Anna Cherkasova. Rossiya oliygohlari MDH mamlakatlaridan bo‘lgan talabalarni qabul qilishga tayyormi va qanday shartlar asosida, chet elliklar uchun kvotalar naqadar ko‘paytiriladi, Sputnik muxbiri shu va boshqa masalalarni Rossiya Davlat dumasining ta’lim va fan bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Lyubov Duxanina bilan muhokama qildi.Lyubov Duxaninaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga o‘qishga kelmoqchi bo‘lgan hamma xorijliklar talabalarning mamlakatga kirishiga ruxsat berilishi mumkin. Bu masala tez kunda Davlat dumasidaMa’lumot uchunRossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 688 ta OTMda 297,9 ming xorjlik talaba tahsil oladi. Oliygohlar orasida Qozon federal universiteti (KFU) – 9 256, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) – 7 569, “Sinergiya” Moskva moliya-sanoat universiteti – 7 008; “Iqtisodiyot oliy maktabi” milliy tadiqiqot universiteti (NIU VShE) – 5 238; Potr Birinchi Sankt-Peterburg politexnika universiteti (SPbPU) – 5 036 mashhur. ko‘rib chiqiladi.Deputat bugungi kunda Rossiya hududiga parvozlar qayta tiklangan va epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan mamlakat fuqarolari kirishi mumkinligini eslatdi. OTM har bilan mamlakatga kelayotgan xorijlik talaba haqida Rossiya Raqamlar vazirligiga xabar berishi shart. Bu chet ellikning chegarani kesib o‘tishda biror muammoga duch kelmasligi uchun qilinadi.O‘z o‘rnida, talabalar o‘z instituti yoki universitetini o‘zining kelish sanasi haqida oldindan xabardor qilishlari lozim. Bundan tashqari, koronavirusga topshirilgan PZR testining musbat natijasi qo‘lida bo‘lishi kerak. Rossiyaga kelgandan keyin 72 soat ichida qaytadan koronavirus test topshirish talab qilinadi. Test javobi tayyor bo‘lgunga qadar xorijlik talaba masofaviy shaklda o‘qib turadi.Qaysi vaksina bilan Rossiya OTMga kiritishadiKo‘pchilik o‘zbekistonlik talabalarni Rossiya oliygohlari ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy yoki “AstraZeneca”, “Pfizer” bilan emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni tan oladimi yoki yo‘qmi degan o‘ylantiradi.“Rossiya mamlakatlarga emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni o‘zaro tan olish tamoyilidan foydalanishni taklif qildi, shunday ekan bunda muammo tug‘ilmaydi”, - dedi Duxanina.Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi rahbari Valeriy Falkov talabalar emlanganligi yoki emlanmaganidan qat’i nazar ularning hammasining mashg‘ulotlarga qatnashga va yotoqxonaga joylashish imkoni bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, emlanmagan talabalarni masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazish, yotoqxonaga joylashish vaqtida immunizatsiyasini inobatga olish tavsiya qilinmoqda.Qayd etilishicha, OTMlar mintaqadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘quv jarayonini tashkillashtiradi. Duxaninaning so‘zlariga ko‘ra, ayrim oliygohlar talabalarni an’anaviy va masofaviy ta’lim shakli uchun guruhlarga ajratmoqda.“OTM iz imkoniyatlaridan va infratuzilmasidan kelib chiqqan holda talabalarni o‘qitish jarayonini tashkillashtiradi, lekin Rospotrebnazdor tomonidan tavsiya qilingan qoidalarga rioya qilgan tarzda”, - deydi Lyubov Duxanina.Rossiya OTMlarida xorijlik talabalar uchun kvota ikki baravarga ko‘paytiriladiDeputatning ma’lum qilishicha, yaqin yillarda Rossiyada Hukumat tomonidan belgilangan kvota doirasida tahsil oladigan chet ellik talabalar soni ikki baravarga oshadi.Yildan yilga Rossiyada o‘qish istagida bo‘lgan boshqa mamlakat fuqarolaridan kelib tushayotgan arizalar soni o‘sib bormoqda.2021-2022 yillarda kvota 18 ming kishiga berilgan, kvotalar soni 2022-2023 yillarda 23 ming, 2023-2024 yildan boshlab 30 mingtaga yetadi.Ma’lumot uchun Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 688 ta OTMda 297,9 ming xorjlik talaba tahsil oladi. Oliygohlar orasida Qozon federal universiteti (KFU) – 9 256, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) – 7 569, “Sinergiya” Moskva moliya-sanoat universiteti – 7 008; “Iqtisodiyot oliy maktabi” milliy tadiqiqot universiteti (NIU VShE) – 5 238; Potr Birinchi Sankt-Peterburg politexnika universiteti (SPbPU) – 5 036 mashhur.
https://oz.sputniknews.uz/20210809/rossiyada-emlanmagan-talabalarni-masofaviy-talim-otkazish-tavsiya-qilindi-20004361.html
https://oz.sputniknews.uz/20210702/karantin-va-vaktsina-rossiyada-xorijlik-talabalar-oqishi-qanday-tashkil-qilinadi---19519653.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/08/15961465_108:0:2839:2048_1920x0_80_0_0_7c43b8859d2a44fa85eb4b48685180a3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
analitika, talabalar, otm, rossiya
analitika, talabalar, otm, rossiya
O‘zbekistonlik talabalarning Rossiyada tahsil olishi: kvota, emlanish va yotoqxona
11:57 29.08.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) 1 sentabr yaqinlashib kelmoqda va ko‘plab o‘zbekistonlik talabalarni pandemiya sharoitida Rossiyaga kelish va o‘qish sharoitlariga oid savollar o‘ylantirashi tabiiy.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Anna Cherkasova. Rossiya oliygohlari MDH mamlakatlaridan bo‘lgan talabalarni qabul qilishga tayyormi va qanday shartlar asosida, chet elliklar uchun kvotalar naqadar ko‘paytiriladi,
Sputnik muxbiri shu va boshqa masalalarni Rossiya Davlat dumasining ta’lim va fan bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Lyubov Duxanina bilan muhokama qildi.
Lyubov Duxaninaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga o‘qishga kelmoqchi bo‘lgan hamma xorijliklar talabalarning mamlakatga kirishiga ruxsat berilishi mumkin. Bu masala tez kunda Davlat dumasidaMa’lumot uchun
Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 688 ta OTMda 297,9 ming xorjlik talaba tahsil oladi. Oliygohlar orasida Qozon federal universiteti (KFU) – 9 256, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) – 7 569, “Sinergiya” Moskva moliya-sanoat universiteti – 7 008; “Iqtisodiyot oliy maktabi” milliy tadiqiqot universiteti (NIU VShE) – 5 238; Potr Birinchi Sankt-Peterburg politexnika universiteti (SPbPU) – 5 036 mashhur. ko‘rib chiqiladi.
Deputat bugungi kunda Rossiya hududiga parvozlar qayta tiklangan va epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan mamlakat fuqarolari kirishi mumkinligini eslatdi. OTM har bilan mamlakatga kelayotgan xorijlik talaba haqida Rossiya Raqamlar vazirligiga xabar berishi shart. Bu chet ellikning chegarani kesib o‘tishda biror muammoga duch kelmasligi uchun qilinadi.
O‘z o‘rnida, talabalar o‘z instituti yoki universitetini o‘zining kelish sanasi haqida oldindan xabardor qilishlari lozim. Bundan tashqari, koronavirusga topshirilgan PZR testining musbat natijasi qo‘lida bo‘lishi kerak. Rossiyaga kelgandan keyin 72 soat ichida qaytadan koronavirus test topshirish talab qilinadi. Test javobi tayyor bo‘lgunga qadar xorijlik talaba masofaviy shaklda o‘qib turadi.
Qaysi vaksina bilan Rossiya OTMga kiritishadi
Ko‘pchilik o‘zbekistonlik talabalarni Rossiya oliygohlari ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy yoki “AstraZeneca”, “Pfizer” bilan emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni tan oladimi yoki yo‘qmi degan o‘ylantiradi.
“Rossiya mamlakatlarga emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni o‘zaro tan olish tamoyilidan foydalanishni taklif qildi, shunday ekan bunda muammo tug‘ilmaydi”, - dedi Duxanina.
Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi rahbari Valeriy Falkov talabalar emlanganligi yoki emlanmaganidan qat’i nazar ularning hammasining mashg‘ulotlarga qatnashga va yotoqxonaga joylashish imkoni bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, emlanmagan talabalarni masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazish, yotoqxonaga joylashish vaqtida immunizatsiyasini inobatga olish tavsiya qilinmoqda.
Qayd etilishicha, OTMlar mintaqadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘quv jarayonini tashkillashtiradi. Duxaninaning so‘zlariga ko‘ra, ayrim oliygohlar talabalarni an’anaviy va masofaviy ta’lim shakli uchun guruhlarga ajratmoqda.
“OTM iz imkoniyatlaridan va infratuzilmasidan kelib chiqqan holda talabalarni o‘qitish jarayonini tashkillashtiradi, lekin Rospotrebnazdor tomonidan tavsiya qilingan qoidalarga rioya qilgan tarzda”, - deydi Lyubov Duxanina.
Rossiya OTMlarida xorijlik talabalar uchun kvota ikki baravarga ko‘paytiriladi
Deputatning ma’lum qilishicha, yaqin yillarda Rossiyada Hukumat tomonidan belgilangan kvota doirasida tahsil oladigan chet ellik talabalar soni ikki baravarga oshadi.
Yildan yilga Rossiyada o‘qish istagida bo‘lgan boshqa mamlakat fuqarolaridan kelib tushayotgan arizalar soni o‘sib bormoqda.
2021-2022 yillarda kvota 18 ming kishiga berilgan, kvotalar soni 2022-2023 yillarda 23 ming, 2023-2024 yildan boshlab 30 mingtaga yetadi.
Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 688 ta OTMda 297,9 ming xorjlik talaba tahsil oladi. Oliygohlar orasida Qozon federal universiteti (KFU) – 9 256, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) – 7 569, “Sinergiya” Moskva moliya-sanoat universiteti – 7 008; “Iqtisodiyot oliy maktabi” milliy tadiqiqot universiteti (NIU VShE) – 5 238; Potr Birinchi Sankt-Peterburg politexnika universiteti (SPbPU) – 5 036 mashhur.