https://oz.sputniknews.uz/20210702/karantin-va-vaktsina-rossiyada-xorijlik-talabalar-oqishi-qanday-tashkil-qilinadi---19519653.html
Karantin va vaksina: Rossiyada xorijlik talabalar o‘qishi qanday tashkil qilinadi
Karantin va vaksina: Rossiyada xorijlik talabalar o‘qishi qanday tashkil qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya xorijiy talabalar o‘z vatanida olgan har qanday vaksinani tan oladi, emlanmagan talabalarga esa - darhol vaksina olish taklif qilinadi. 02.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-02T18:23+0500
2021-07-02T18:23+0500
2023-04-05T18:33+0500
jamiyat
talabalar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/08/15961707_0:183:3072:1911_1920x0_80_0_0_9af33ba68dcaad8310210bdc49348a97.jpg
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Mariya Naumenko. Pandemiya sharoitida Rossiyada xorijiy talabalar qanday o‘qitiladi, masofaviy ta’lim saqlanib qoladimi, Rossiyaga kirib kelish uchun qanday vaksina bilan emlash talab qilinadi –Sputnik maqolasida ushbu savollarga javoblar bilan tanishing.Rossiya xorijiy talabalar o‘z vatanida olgan har qanday vaksinani tan oladi. Undan tashqari xorijiy talabalar Rossiyaga kirib kelgan zahotiyoq ularni vaksinalash tashkil qilinadi. Tibbiy yoki boshqa sabablarga ko‘ra, emlashning imkoni bo‘lmagan talabalar uchun alohida o‘quv rejasi ishlab chiqariladi. Bu haqida “Rossotrudnichestvo” va “Jamoatchilik palatasi” vakillari "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligida bo‘lib o‘tgan onlayn matbuot anjumanida hikoya qilib berishdi.Rossiya OTMlari kovidga qarshi har qanday vaksina bilan emlangan talabalarni qabul qilishga tayyor, dedi “Rossotrudnichestvo” rahbari o‘rinbosari Pavel Shevsov.Shevsov aytishiga ko‘ra, ayni damda Rossotrudnichestvo Rossiya Ta’lim vazirligi bilan birgalikda xorijiy talabalar mamlakatga kirishiga ruxsat olish uchun Hukumat komissiyasini qoniqtiradigan yondashuv ishlab chiqish ustida ishlamoqda. Aksariyat oliygohlar vaksina olishdan voz kechgan talabalarni shaxsiy reja bo‘yicha onlayn o‘quv jarayoniga o‘tkazadi, deydi Jamoatchilik palatasi vakili MGIMOning boshqaruv va siyosat fakulteti dekani Genri Sardaran.MGIMO vakilining so‘zlariga ko‘ra, talabalar va xodimlarni emlash – ko‘ngilli asosdan qolmoqda, leksin busiz odatiy hayot tarziga qaytishning imkoni yo‘q. Aksariyat OTMlarda bir talabada kasallik aniqlansa, butun guruh akademik ta’tilga chiqish tartibi belgilangan. “O‘quv-mashg‘ulotlari esa ikki haftaga tezlik bilan masofaviy shaklga o‘tkaziladi”. Jamoatchilik palatasi aksariyat OTMlar orasida o‘tkazga so‘rovga ko‘ra, aksariyat xorijiy talabalarni kunduzgi ta’lim darslariga kirishga ruxsat berish tarafdori. Anketa so‘rovlarida MGIMO, Iqtisodiyot Oliy maktabi, Ural Federal universiteti, Boltiq federal universiteti, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti, Moliya universiteti va MDU ishtirok etgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210518/rossiyada-xorijlik-talabalar-hayoti-engillashtiriladi-18786297.html
https://oz.sputniknews.uz/20210603/turar-joy-yol-stipendiya--xorijlik-talablar-uchun-rossiya-grantlari-19064432.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/08/15961707_179:0:2910:2048_1920x0_80_0_0_57ac5d6dacafae3e849837b02928ead6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, talabalar, rossiya
jamiyat, talabalar, rossiya
Karantin va vaksina: Rossiyada xorijlik talabalar o‘qishi qanday tashkil qilinadi
18:23 02.07.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) Rossiya xorijiy talabalar o‘z vatanida olgan har qanday vaksinani tan oladi, emlanmagan talabalarga esa - darhol vaksina olish taklif qilinadi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Mariya Naumenko. Pandemiya sharoitida Rossiyada xorijiy talabalar qanday o‘qitiladi, masofaviy ta’lim saqlanib qoladimi, Rossiyaga kirib kelish uchun qanday vaksina bilan emlash talab qilinadi –Sputnik maqolasida ushbu savollarga javoblar bilan tanishing.
Rossiya xorijiy talabalar o‘z vatanida olgan har qanday vaksinani tan oladi. Undan tashqari xorijiy talabalar Rossiyaga kirib kelgan zahotiyoq ularni vaksinalash tashkil qilinadi. Tibbiy yoki boshqa sabablarga ko‘ra, emlashning imkoni bo‘lmagan talabalar uchun alohida o‘quv rejasi ishlab chiqariladi. Bu haqida “Rossotrudnichestvo” va “Jamoatchilik palatasi” vakillari "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligida bo‘lib o‘tgan onlayn matbuot anjumanida hikoya qilib berishdi.
Rossiya OTMlari kovidga qarshi har qanday vaksina bilan emlangan talabalarni qabul qilishga tayyor, dedi “Rossotrudnichestvo” rahbari o‘rinbosari Pavel Shevsov.
“Preparatlar borasida, OTMlarda umumiy yondashuv bo‘ladi. O‘ylashimcha, biz barcha vaksinalarni qabul qilamiz”, - dedi Shevsov.
Shevsov aytishiga ko‘ra, ayni damda Rossotrudnichestvo Rossiya Ta’lim vazirligi bilan birgalikda xorijiy talabalar mamlakatga kirishiga ruxsat olish uchun Hukumat komissiyasini qoniqtiradigan yondashuv ishlab chiqish ustida ishlamoqda.
“Buning ichiga ham vaksinatsiya ham karantin choralari ko‘rib chiqilmoqda. Universitetlar xorijiy talabalar uchun karantinni o‘tash qulay bo‘lgan maxsus binolar ajratishga ham tayyor. Aksariyat talabalarni mamlakatga kiritish uchun konsensus topiladi deb umid qilaman”,- deydi Shevsov.
Aksariyat oliygohlar vaksina olishdan voz kechgan talabalarni shaxsiy reja bo‘yicha onlayn o‘quv jarayoniga o‘tkazadi, deydi Jamoatchilik palatasi vakili MGIMOning boshqaruv va siyosat fakulteti dekani Genri Sardaran.
“Antitanachalari va emlashdan voz kechish uchun tibbiy sababi bo‘lmagan, ya’ni shunchaki vaksina olishni istamaydigan talabalar kunduzgi bo‘lim darslariga kiritilmaydi. Ular uchun nafaqat masofaviy ta’lim shakli, balkim individual ish rejasi kiritiladi. Bu ularga alohida talablar qo‘yadi degani”, - dedi Sardaran.
MGIMO vakilining so‘zlariga ko‘ra, talabalar va xodimlarni emlash – ko‘ngilli asosdan qolmoqda, leksin busiz odatiy hayot tarziga qaytishning imkoni yo‘q.
Aksariyat OTMlarda bir talabada kasallik aniqlansa, butun guruh akademik ta’tilga chiqish tartibi belgilangan. “O‘quv-mashg‘ulotlari esa ikki haftaga tezlik bilan masofaviy shaklga o‘tkaziladi”.
“Kunduzga va masofaviy o‘quv shakllari orasida bunday “sakrashlar” ta’lim samaradorligi pasaymasligi uchun qilinmoqda, lekin kunduzgi formatga ko‘ra bunday o‘qishning samaradorligi past alabatta”, - deydi Sardaran.
Jamoatchilik palatasi aksariyat OTMlar orasida o‘tkazga so‘rovga ko‘ra, aksariyat xorijiy talabalarni kunduzgi ta’lim darslariga kirishga ruxsat berish tarafdori. Anketa so‘rovlarida MGIMO, Iqtisodiyot Oliy maktabi, Ural Federal universiteti, Boltiq federal universiteti, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti, Moliya universiteti va MDU ishtirok etgan.