Yer uchastkalarini davlat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish tartibi belgilandi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishMagistralniy orositelniy kanal v Krasnodarskom krae
Magistralniy orositelniy kanal v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2021
Obuna bo‘lish
Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga yoki foydalanishga faqat yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Hukumat qarori bilan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratilmaydi.
Reglamentga ko‘ra, yuridik yoki jismoniy shaxslarning egaligida, foydalanishida, ijarasida yoki mulkida bo‘lgan yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ulardan olib qo‘yilgandan (sotib olingandan) va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin beriladi.
Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash ishlari buyurtmachi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
Shartnoma tuzilgandan keyin 20 ish kuni davomida elektron shaklda yer uchastkasi ajratish haqida hujjatlar yig‘majildi tayyorlanadi va “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2021
O‘zbekiston tarixidagi eng katta islohot: Mirziyoyev yer haqidagi Qonunni imzoladi
Hokimliklar hujjatlar yig‘majildini olgandan so‘ng uni 5 ish kuni davomida o‘rganadi hamda davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun buyurtmachiga yuboradi.
Davlat ekologik ekspertizasi Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan 20 ish kuni davomida o‘tkaziladi.
Keyin hujjatlar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 3 ish kuni davomida o‘rganib chiqilib, ajratiladigan yer uchastkasi bo‘yicha xulosa tayyorlanadi.
Shunga ko‘ra, yer uchastkasini ajratish materiallari vakolatli organlar bilan kelishiladi.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilingach, shu asosda 3 ish kunida yer uchastkasi chegaralari joyida (naturada) belgilanadi.
Buning uchun BHMning uch yarim baravari miqdorida haq undiriladi.
Huquqiy ekpertiza yakuni bo‘yicha hududiy adliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.
Yer nazoratiga oid maxsus telegram-bot ishga tushdi
Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga yoki foydalanishga faqat yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Yangiliklar lentasi
0