https://oz.sputniknews.uz/20210820/ozbekiston-tarixidagi-eng-katta-islohot-mirziyoev-er-haqidagi-qonunni-imzoladi-20165801.html
O‘zbekiston tarixidagi eng katta islohot: Mirziyoyev yer haqidagi Qonunni imzoladi
O‘zbekiston tarixidagi eng katta islohot: Mirziyoyev yer haqidagi Qonunni imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda tadbirkorlik sohasini isloh qilishning yangi kun tartibini ilgari surmoqda. 20.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-20T13:14+0500
2021-08-20T13:14+0500
2021-08-20T13:14+0500
siyosat
yer ajratish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/14/20165347_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_bd262a9e7862b75c36b92401989c512f.jpg
TOShKENT, 20 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yer masalasida o‘ziga 4 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushganini aytdi."Joriy yilda ushbu yo‘nalishda katta islohotlarni boshladik. Bu borada Oliy Majlis palatalari tomonidan ma’qullangan Qonunni men kuni kecha imzoladim. Bu hujjat mamlakatimizning yangi tarixida eng katta islohotlardan biri bo‘ldi, deb hech bir mubolag‘asiz ayta olamiz. Mana shu islohotlar mazmunini tarmoq va hudud rahbarlari ham, tadbirkorlar ham, aholimiz ham yaxshi tushunib olishlari zarur", - dedi prezident. Birinchidan, yerlarni iqtisodiy oborotga kiritish, ularni oldi-sotdi va garov obyektiga aylantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratildi. Ikkinchidan, biz barcha yerlarni 2 ta toifaga, ya’ni qishloq xo‘jaligi yerlari va noqishloq yerlariga ajratdik. Qishloq xo‘jaligi yerlari – bu bizning bebaho milliy boyligimiz, oziq-ovqat xavfsizligi, bu oddiy qishloq aholisining kundalik hayoti, degani. Shuning uchun, ushbu yerlar ochiq tanlov asosida faqat ijaraga beriladi. Tanlov – har bir yer uchastkasi bo‘yicha “bu yerni olishga kim eng ko‘p haqli?” degan savolga adolatli javob topish uchun o‘tkaziladi. Bu tanlovda barcha – dehqon ham, fermer ham, agrofirma va klasterlar ham, teng shartlarda ishtirok etadilar.Uchinchidan, noqishloq yer maydonlari esa faqat auksion orqali sotiladi. Biz so‘nggi bir yarim yil davomida yerlarni auksion orqali ochiq-oshkora sotish bo‘yicha yetarli tajriba orttirdik. Lekin aksariyat hollarda auksionga qo‘yilgan yer maydonlarining tadbirkorga ma’qul joylardan emas, balki olis, chekka hududdagi infratuzilmasi bo‘lmagan joylardan berilgan. Yaxshi maydonlar esa har xil yo‘llar bilan hokimlar qarori asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri berib kelingani ham hech kimga sir emas. Bundan buyon yer maydonlari faqat va faqat ochiq-oshkora auksion orqali xususiy mulk sifatida sotiladi yoki ijaraga beriladi. Ko‘pchilikda “yer xususiy bo‘ldi nimayu, xususiy bo‘lmadi nima”, degan fikr bo‘lishi tabiiy, albatta. Chunki, bizda yerga xususiy mulkchilik bekor bo‘lganidan buyon 3-4 ta avlod almashdi. Bir narsani aniq bilib olish zarur: xususiylashgani bilan yer maydonlari kamayib yoki ko‘payib qolmaydi, lekin uning bozor qiymati paydo bo‘ladi. Yeri bor odam haqiqiy mulkdorga, kapital egasiga aylanadi.To‘rtinchidan, ko‘pchilik tadbirkorlarni o‘z korxonasi joylashgan yer maydonining taqdiri ertaga nima bo‘ladi, degan savollar qiynayotgani ham joylarda bor gap. Ushbu korxonalarning hozirda egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi asosida egallab turgan yer maydonlari ularga mulk qilib rasmiylashtirib beriladi. Ya’ni, bu yerni boshqa odam sotib ololmaydi, uni xususiylashtirishga faqat yer egasining o‘zi haqli bo‘ladi. Bunda, yerning turiga qarab, uning joylashgan hududidan kelib chiqib, yerlar imtiyozli shartlar asosida ushbu korxonalarga xususiylashtirib beriladi. Bundan keyin tadbirkorlar yerdan yuqori likvidli aktiv va garov obyekti sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Men o‘ylamanki, bu yangiliklar tadbirkorlarimiz uzoq yillar kutgan tarixiy adolatni ro‘yobga chiqaradi.Beshinchidan, bundan buyon davlat mulki obyektlarini, ular joylashgan yer bilan birga yagona mulkiy majmua sifatida auksion orqali sotamiz. Binoni sotib olgan tadbirkorlar unga biriktirilgan yerga ham xususiy mulk huquqi asosida egalik qiladilar. Tasdiqlangan dasturga qo‘shimcha ravishda yil yakuniga qadar yana 500 ta davlat aktivlari ochiq savdoga chiqariladi. Fursatdan foydalanib, hurmatli tadbirkorlarimizni ushbu savdolarda, faol ishtirok etishga chaqiraman. Oltinchidan, bundan keyin yangi yer maydonlarini auksionga chiqarishdan oldin, hudud rivojlanishining aniq rejasini tuzib olishimiz zarur. Ko‘plab rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganganimizda, birorta mamlakatda yer maydonlarini rejasiz berib yuborish mumkin emasligiga guvoh bo‘ldik. Oldin aniq hudud tanlab olinib, uning “master-plani” ishlab chiqiladi. Qayerda uy, qayerda maktab, qayerda ishlab chiqarish bo‘lishi aniq belgilanib, infrastruktura olib kelish rejasi tuziladi. Shundan keyingina yer uchastkalari aniq loyiha bilan savdoga chiqariladi. Shuning uchun, viloyat hokimlari kadastr va arxitektura idoralari bilan birga ushbu tajriba asosida ishlarni tashkil etishlari, aniq hududni belgilab, rejasini tasdiqlab, keyin yerlarni auksionga qo‘yishlari lozim. Shuningdek, har bir viloyatda maxsus jamg‘armalar tashkil etiladi va yer maydonlarini sotishdan tushgan mablag‘ to‘liq tuman va shaharlar ixtiyorida qoldirilib, tadbirkorlar uchun infratuzilma yaratish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Qo‘chqorov, viloyat hokimlari iqtisodiy kompleks bilan birga joriy yil 1-noyabrga qadar har bir hududda kamida mingtadan yer maydonini sotuvga chiqarsin. Shuningdek, magistral yo‘llar bo‘yida, loyiha asosida, har bir hududdan kamida 200 tadan yer maydoni auksionga qo‘yiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/14/20165347_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_e78cfee1475701b3b2b8eb2e2c1bff18.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, yer ajratish
O‘zbekiston tarixidagi eng katta islohot: Mirziyoyev yer haqidagi Qonunni imzoladi
Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda tadbirkorlik sohasini isloh qilishning yangi kun tartibini ilgari surmoqda.
TOShKENT, 20 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yer masalasida o‘ziga 4 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushganini aytdi.
"Joriy yilda ushbu yo‘nalishda katta islohotlarni boshladik. Bu borada Oliy Majlis palatalari tomonidan ma’qullangan Qonunni men kuni kecha imzoladim. Bu hujjat mamlakatimizning yangi tarixida eng katta islohotlardan biri bo‘ldi, deb hech bir mubolag‘asiz ayta olamiz. Mana shu islohotlar mazmunini tarmoq va hudud rahbarlari ham, tadbirkorlar ham, aholimiz ham yaxshi tushunib olishlari zarur", - dedi prezident.
Birinchidan, yerlarni iqtisodiy oborotga kiritish, ularni oldi-sotdi va garov obyektiga aylantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratildi.
Ikkinchidan, biz barcha yerlarni 2 ta toifaga, ya’ni qishloq xo‘jaligi yerlari va noqishloq yerlariga ajratdik.
Qishloq xo‘jaligi yerlari – bu bizning bebaho milliy boyligimiz, oziq-ovqat xavfsizligi, bu oddiy qishloq aholisining kundalik hayoti, degani. Shuning uchun, ushbu yerlar ochiq tanlov asosida faqat ijaraga beriladi. Tanlov – har bir yer uchastkasi bo‘yicha “bu yerni olishga kim eng ko‘p haqli?” degan savolga adolatli javob topish uchun o‘tkaziladi. Bu tanlovda barcha – dehqon ham, fermer ham, agrofirma va klasterlar ham, teng shartlarda ishtirok etadilar.
Uchinchidan, noqishloq yer maydonlari esa faqat auksion orqali sotiladi. Biz so‘nggi bir yarim yil davomida yerlarni auksion orqali ochiq-oshkora sotish bo‘yicha yetarli tajriba orttirdik. Lekin aksariyat hollarda auksionga qo‘yilgan yer maydonlarining tadbirkorga ma’qul joylardan emas, balki olis, chekka hududdagi infratuzilmasi bo‘lmagan joylardan berilgan. Yaxshi maydonlar esa har xil yo‘llar bilan hokimlar qarori asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri berib kelingani ham hech kimga sir emas. Bundan buyon yer maydonlari faqat va faqat ochiq-oshkora auksion orqali xususiy mulk sifatida sotiladi yoki ijaraga beriladi. Ko‘pchilikda “yer xususiy bo‘ldi nimayu, xususiy bo‘lmadi nima”, degan fikr bo‘lishi tabiiy, albatta. Chunki, bizda yerga xususiy mulkchilik bekor bo‘lganidan buyon 3-4 ta avlod almashdi. Bir narsani aniq bilib olish zarur: xususiylashgani bilan yer maydonlari kamayib yoki ko‘payib qolmaydi, lekin uning bozor qiymati paydo bo‘ladi. Yeri bor odam haqiqiy mulkdorga, kapital egasiga aylanadi.
To‘rtinchidan, ko‘pchilik tadbirkorlarni o‘z korxonasi joylashgan yer maydonining taqdiri ertaga nima bo‘ladi, degan savollar qiynayotgani ham joylarda bor gap. Ushbu korxonalarning hozirda egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi asosida egallab turgan yer maydonlari ularga mulk qilib rasmiylashtirib beriladi. Ya’ni, bu yerni boshqa odam sotib ololmaydi, uni xususiylashtirishga faqat yer egasining o‘zi haqli bo‘ladi. Bunda, yerning turiga qarab, uning joylashgan hududidan kelib chiqib, yerlar imtiyozli shartlar asosida ushbu korxonalarga xususiylashtirib beriladi. Bundan keyin tadbirkorlar yerdan yuqori likvidli aktiv va garov obyekti sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Men o‘ylamanki, bu yangiliklar tadbirkorlarimiz uzoq yillar kutgan tarixiy adolatni ro‘yobga chiqaradi.
Beshinchidan, bundan buyon davlat mulki obyektlarini, ular joylashgan yer bilan birga yagona mulkiy majmua sifatida auksion orqali sotamiz. Binoni sotib olgan tadbirkorlar unga biriktirilgan yerga ham xususiy mulk huquqi asosida egalik qiladilar. Tasdiqlangan dasturga qo‘shimcha ravishda yil yakuniga qadar yana 500 ta davlat aktivlari ochiq savdoga chiqariladi. Fursatdan foydalanib, hurmatli tadbirkorlarimizni ushbu savdolarda, faol ishtirok etishga chaqiraman. Oltinchidan, bundan keyin yangi yer maydonlarini auksionga chiqarishdan oldin, hudud rivojlanishining aniq rejasini tuzib olishimiz zarur. Ko‘plab rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganganimizda, birorta mamlakatda yer maydonlarini rejasiz berib yuborish mumkin emasligiga guvoh bo‘ldik. Oldin aniq hudud tanlab olinib, uning “master-plani” ishlab chiqiladi. Qayerda uy, qayerda maktab, qayerda ishlab chiqarish bo‘lishi aniq belgilanib, infrastruktura olib kelish rejasi tuziladi. Shundan keyingina yer uchastkalari aniq loyiha bilan savdoga chiqariladi. Shuning uchun, viloyat hokimlari kadastr va arxitektura idoralari bilan birga ushbu tajriba asosida ishlarni tashkil etishlari, aniq hududni belgilab, rejasini tasdiqlab, keyin yerlarni auksionga qo‘yishlari lozim.
Shuningdek, har bir viloyatda maxsus jamg‘armalar tashkil etiladi va yer maydonlarini sotishdan tushgan mablag‘ to‘liq tuman va shaharlar ixtiyorida qoldirilib, tadbirkorlar uchun infratuzilma yaratish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Qo‘chqorov, viloyat hokimlari iqtisodiy kompleks bilan birga joriy yil 1-noyabrga qadar har bir hududda kamida mingtadan yer maydonini sotuvga chiqarsin. Shuningdek, magistral yo‘llar bo‘yida, loyiha asosida, har bir hududdan kamida 200 tadan yer maydoni auksionga qo‘yiladi.