Ishdan bo‘shatilgan bank xodimasiga ish haqi va ma’naviy zarar undirib berildi - BP

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Obuna bo‘lish
Sobiq bank xodimasi N.Fayziyevaga 31 mln. so‘m ish haqi, 6 mln. so‘mdan ortiq ma’naviy zarar undirish belgilandi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Bosh prokuratura fuqaro N.Fayziyevaning mehnat nizosiga oid sud qarorlaridan noroziligi haqidagi murojaatini o‘rganib chiqdi.
Aniqlanishicha, N.Fayziyeva “Poytaxtbank” AJda ishlab kelib, bankning tashabbusiga ko‘ra, 11.09.2019 yilda ishdan bo‘shatilgan.
Lekin bank kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan N.Fayziyeva bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda qonun talablariga rioya etilmagan.
Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2021
MIB xodimi qariyb 590 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborgan – Bosh prokuratura
Birinchi instansiya sudi ish holatlariga to‘g‘ri baho bergan holda da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirish haqida asosli xulosaga kelgan bo‘lsada, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari qonunga zid ravishda uning talablarini rad etib, sudning hal qiluv qarorini bekor qilgan.
Mazkur sud ajrimlariga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish haqida protest keltirildi.
Ish 19.08.2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rilib, Bosh prokuratura protesti qanoatlantirildi.
Natijada N.Fayziyevaga 31 mln. so‘m ish haqi, 6 mln. so‘mdan ortiq ma’naviy zarar undirish belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0