MIB xodimi qariyb 590 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborgan – Bosh prokuratura

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov
Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2021
Obuna bo‘lish
Bektemir tumani bo‘yicha yetakchi mutaxassis ikki yil ichida depozit hisobvarag‘iga kelib tushgan, jami 586,4 million so‘mni talon-toroj qilgan.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Bosh prokuratura 2019-yilda pul mablag‘larini talon-toroj qilgani uchun jazolangan MIB xodimi bilan bog‘liq jinoyat ishi tafsilotlarini ochiqladi.
Ma’lum qilinishicha, 2019-yil yanvar oyida MIB rahbariyati tashabbusi bilan buroning Toshkent shahar boshqarmasi tizimida tekshirish o‘tkazilgan.
Tekshirishda aniqlanishicha, MIBning Toshkent shahar boshqarmasi moliya-xo‘jalik bo‘limi Depozit hisob varaqalari bilan ishlash guruhi Bektemir tumani bo‘yicha yetakchi mutaxassisi M.U. 2017-yildan 2019-yil fevral oyiga qadar depozit hisobvarag‘iga kelib tushgan, jami 586,4 mln so‘mni talon-taroj qilib, o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Tuman prokuraturasi 2019-yil 12-fevral kuni Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini o‘tkazgan va ishni ayblov xulosasi bilan sudga yuborgan.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Bekobodda mansabdorlar “Yoshlar–kelajagimiz” dasturining 301 mln so‘mini talon-taroj qildi
Ish hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi M.U. 2017-yilning yanvar oyidan 2019-yil fevraliga qadar jami 47 ta holatda sud ijro varaqalari asosida kelib tushgan pul mablag‘larini o‘zlashtirgan.
U buni o‘ziga biriktirilgan va javobgarligida bo‘lgan elektron kalit yordamida ATB “Infin bank” Sergeli filiali va ATIB Ipoteka bank Yashnobod filialining "E-bank" tizimiga ulanib, elektron to‘lov topshiriqnomalariga sud ijro hujjatlari asosida soxta ma’lumotlar kiritish yo‘li bilan amalga oshirgan. Sudlanuvchi 596 mln 782 ming so‘mni turli fuqarolarning nomiga rasmiylashtirilgan bank plastik kartalari hisobiga o‘tkazgan.
Bektemir tumani sudining 2019-yil 5-iyuldagi hukmiga ko‘ra hukmiga ko‘ra, M.U. JKning 167-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topgan.
MIB xodimiga 2-yil muddatga muayan huquqdan mahrum qilingan holda 2-yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Jinoyat oqibatida yetkazilgan 596 782 195 so‘m moddiy zarar to‘liq qoplangan.
Yangiliklar lentasi
0