Tokio-2020: Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayroqdorlaridan biri o‘zgardi

© AFP 2023 / Philip FongLogotip paralimpiyskix igr v Tokio
Logotip paralimpiyskix igr v Tokio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Obuna bo‘lish
Tokioga yetib borgan dzudo bo‘yicha bir nafar o‘zbekistonlik sportchi va murabbiyda koronavirus aniqlangan.
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayroqdorlaridan biri o‘zgardi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, dzudo bo‘yicha bir nafar o‘zbekistonlik sportchi va murabbiyda koronavirus aniqlangan va ular Tokio shahrida karantinga olingan.
Paralimpiysi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2021
O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Tokioga jo‘nab ketdi
Shuningdek, yengil atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi va bayroqdor Nurxon Qurbonova samolyotda ularga yaqin masofada bo‘lganligi bois karantinga olingan. Shu sababli u Paralimpiada o‘yinlarning ochilish marosimida bayroqdor sifatida ishtirok eta olmaydi.
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi parakanoe bo‘yicha Jahon chempioni Shahnoza Mirzayeva Muxammad Rixsimov bilan birgalikda bayroqdor sifatida ishtirok etishi taklifini ma’qulladi.
Uchastnitsa paralimpiadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qiladi – yakuniy ro‘yxat
Yangiliklar lentasi
0