O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Tokioga jo‘nab ketdi

© Press-slujba NOK UzbekistanaParalimpiysi Uzbekistana
Paralimpiysi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2021
Obuna bo‘lish
Paralimpiya o‘yinlari ochilish marosimida Muhammad Rexsimov va Nurxon Qurbonova O‘zbekiston bayroqdorlari bo‘ladi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida qatnashadigan o‘zbekistonlik sportchilar Tokioga kuzatildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ularni bosh vazir Abdulla Aripov, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Rustam Shoabdurahmonov kuzatib qo‘ydi.
Tanzila Norboyeva sportchilarga musobaqalarda omad va zafarlar tiladi. Abdulla Aripov ularga kuch-quvvat tilab, prezident hamda millionlab muxlislar ulardan g‘alabalar kutishlarini aytib o‘tdi.
Tokiodagi yozgi Paralimpiya o‘yinlari ochilish marosimida yengil atletikachilar Muhammad Rexsimov va Nurxon Qurbonova O‘zbekiston bayroqdorlari bo‘ladi.
Uchastnitsa paralimpiadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qiladi – yakuniy ro‘yxat
Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari 2021-yilning 24-avgustidan 5-sentabriga qadar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi sportning 8 turida 55 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Yangiliklar lentasi
0