Rossiya bilan hamkorlikda qanday istiqbolli innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFilial Rossiyskogo ximiko-texnologicheskogo universiteta imeni D. I. Mendeleyeva (RXTU) v Tashkente
Filial Rossiyskogo ximiko-texnologicheskogo universiteta imeni D. I. Mendeleyeva (RXTU) v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi va Rossiya Innovatsiyalarga ko‘maklashish jamg‘armasi o‘rtasidagi kelishuv mavjud.
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Innovatsion loyihalar O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu borada doimiy ravishda kelishuvlar, memorandumlar, shartnomalar imzolanadi. Sputnik muxbiri ular amalda qanday samara berayotgani bilan qiziqdi.
Ana shunday hujjatlardan biri – O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyalarga ko‘maklashish jamg‘armasi o‘rtasidagi kelishuvdir, deyiladi vazirlik axborot xizmati taqdim etgan ma’lumotlarda.
Predsedatel fonda Skolkovo Arkadiy Dvorkovich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
“Skolkovo” O‘zbekiston innovatsion rivojlanishiga qanday hissa qo‘shmoqda
Unga ko‘ra, startap loyihalar bo‘yicha qo‘shma tanlov o‘tkazilib, 30 ga yaqin ishtirokchi orasidan 3 nafar g‘olib tanlab olingan. Har biri 1 milliard so‘mdan moliyalashtirilgan ushbu loyihalar ustida tadqiqotlar olib borilmoqda va amaliyotga joriy etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
“Rossiya bilan hamkorlikda ro‘yobga chiqarayotgan loyihamiz Germaniy-68 radionuklidini, undan esa o‘z navbatida, Galiy-68 nuklidini olishga qaratilgan, - deydi O‘zbekiston FA Yadro fizikasi instituti laboratoriya mudiri, kimyo fanlari nomzodi, qo‘shma startap loyihasi muallifi Saidahmad Xo‘jayev. – Galiy-68 yadroviy tibbiyotda qo‘llaniladi. U ma’lum bir birikmaga qo‘shilib inson organizmiga yuboriladi va tomografiya jarayonida kerakli a’zoning keng hajmli ko‘rinishini aks ettiradi”.
Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, Galiy-68 ga talab har doim yuqori bo‘lgan. Shu paytgacha u O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan, respublika tadqiqotchilari bu mavzuda ilmiy maqolalar yozish bilan cheklanishgan, xolos.
© Foto predostavleno Saidaxmadom XodjayevimV protsesse raboti proyektov
V protsesse raboti proyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
V protsesse raboti proyektov
Amalga oshirilayotgan qo‘shma loyiha doirasida rossiyalik hamkorlar nurlantirilgan xom ashyoni yetkazib berishadi, o‘zbek olimlari esa undan kerakli mahsulotni olishmoqda.
“Dastlabki xomaki mahsulotni kelgusi yilning birinchi choragida olishni mo‘ljallayapmiz, ishlab chiqarish esa 2023-yilning iyuniga qadar yo‘lga qo‘yiladi”, - Xo‘jayev.
Innovatsion sohadagi hamkorlik haqida so‘z borganda, “Skolkovo” innovatsion markazi va “Innopolis” universiteti bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni ham qayd etib o‘tish mumkin.
“Bizning loyihalarimiz sanoat sohasida salmoqli ahamiyatga ega. Shulardan biri – tarkibida nikel bo‘lgan sanoat chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini yaratapmiz”, - deydi “Global Texno Met” korxonasi texnik direktori Viktor Dubov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugunga qadar O‘zbekistonda ushbu jarayon gidrometallurgiya usulida amalga oshirilgan. Bu sanoat chiqindilari tarkibida 7,5 foizdan ko‘proq nikel bo‘lishini taqozo etadi. Ustiga-ustak, katta miqdorda kimoviy reagentlar sarflanadi. Rossiya bilan hamkorlikdagi loyihada esa bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 1,05 foiz bo‘lsa ham, kifoya. Texnologiyani avtomatlashtirish va dasturiy ta’minot rossiyalik mutaxassislar zimmasida.
© Foto predostavleno Viktorom DubovimV protsesse raboti proyektov
V protsesse raboti proyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
V protsesse raboti proyektov
Rejaga ko‘ra, loyiha 2023-yilning birinchi yarmida yakunlanishi lozim. Pirovardida, shu paytgacha past rentabelli deb hisoblab kelingan qayta ishlash jarayonlari yo‘lga qo‘yiladi. Yuqori tozalikka ega nikeldan turli hamjmdagi quvurlar, plastinalar, katalizatorlarni ishlab chiqarish boshlanadi.
© Foto predostavleno Viktorom DubovimV protsesse raboti proyektov
V protsesse raboti proyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
V protsesse raboti proyektov
Shu yilning iyul oyi avvalida innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Kurchatov instituti Milliy tadqiqot markazi prezidenti Mixail Kovalchuk ishtirokida videomuloqot bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasida yagona ilmiy-tadqiqot va ta’lim infratuzilmasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar gen texnologiyalarini qo‘llagan holda, yuqori samarali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, sanoat biotexnologiyalari, tibbiyot, xususan, yadro tibbiyoti texnologiyalari, robototexnika, sun’iy intellekt sohalarini rivojlatirish, madaniy obyektlarni o‘rganishda yadro-fizika usullarini qo‘lash, ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Dvorkovich i Abduraxmonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2019
O‘zbekiston “Skolkovo”da o‘zining startaplari qo‘llab-quvvatlanishiga umid qilmoqda
Yangiliklar lentasi
0