https://oz.sputniknews.uz/20210405/skolkovo-ozbekiston-innovatsion-rivojlanishiga-qanday-hissa-qoshmoqda-18162268.html
“Skolkovo” O‘zbekiston innovatsion rivojlanishiga qanday hissa qo‘shmoqda
“Skolkovo” O‘zbekiston innovatsion rivojlanishiga qanday hissa qo‘shmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Dvorkovich ko‘rgazmaning asosiy "O‘sish drayverlarini qidirishda jahon sanoat ishlab chiqarishi" strategik sessiyasida so‘zga chiqdi 05.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-05T18:39+0500
2021-04-05T18:39+0500
2021-04-05T19:35+0500
innoprom 2021
o‘zbekiston
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/05/18160708_0:220:2711:1745_1920x0_80_0_0_92375711b2f62352ccd82ab9a13e029a.jpg
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Ayni damda Toshkentga tashrif buyurgan "Skolkovo" fondi raisi Arkadiy Dvorkovich Sputnik muxbiriga mazkur tashkilot tomonidan O‘zbekiston innovatsion rivojlanishiga qanday hissa qo‘shmoqchi bo‘lgani haqida gapirib berdi.5-7 aprel kunlari O‘zbekiston poytaxtida "Innoprom" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Dvorkovich ko‘rgazmaning asosiy "O‘sish drayverlarini qidirishda jahon sanoat ishlab chiqarishi" strategik sessiyasida so‘zga chiqdi.“Skolkovo” fondi raisi so‘nggi 2-yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik keskin faollashganini ta’kidladi. Rossiya kompaniyalari birin-ketin O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda."Biz respublika rahbariyati bilan ustuvor vazifa bo‘lgan sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar, mutaxassislarni o‘qitish (birinchi navbatda IT sohasida) va sanoatga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildik. Skolkovo respublikaning yetakchi kompaniyalari uchun yuqori texnologiyalar sohasida potensial sheriklarni tanlaydi, meyoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishda yordam beradi, o‘zbek kompaniyalarining Rossiya bozoriga kirish uchun ko‘maklashadi", - dedi Dvorkovich. 6-aprel kuni “Innoprom” doirasida "Raqamli ishlab chiqarish: samarali texnologiyalar va yondashuvlar" sessiyasida sheriklaridan biri “Skolkovo” bo‘ldi. Unda fond vitse-prezidenti, rivojlangan ishlab chiqarish texnologiyalari klasterining ijrochi direktori Aleksey Belyakov ishtirok etadi. Shu kuni “Skolkovo” innovatsiyalar bo‘yicha bosh vitse-prezidenti Kirill Kay "Pandemiyaga qarshi kurash davrida sog‘liqni saqlash tizimi uchun sanoat" sessiyasida moderatorlik qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210405/rossiya-kompaniyalari-toshkentga-18160120.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/05/18160708_88:0:2623:1901_1920x0_80_0_0_fc674c35e787f23e4f2d8ad35fb8b02b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
innoprom 2021, o‘zbekiston, toshkent
innoprom 2021, o‘zbekiston, toshkent
“Skolkovo” O‘zbekiston innovatsion rivojlanishiga qanday hissa qo‘shmoqda
18:39 05.04.2021 (yangilandi: 19:35 05.04.2021) Dvorkovich ko‘rgazmaning asosiy "O‘sish drayverlarini qidirishda jahon sanoat ishlab chiqarishi" strategik sessiyasida so‘zga chiqdi
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Ayni damda Toshkentga tashrif buyurgan "Skolkovo" fondi raisi Arkadiy Dvorkovich Sputnik muxbiriga mazkur tashkilot tomonidan O‘zbekiston innovatsion rivojlanishiga qanday hissa qo‘shmoqchi bo‘lgani haqida gapirib berdi.
5-7 aprel kunlari O‘zbekiston poytaxtida "Innoprom" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Dvorkovich ko‘rgazmaning asosiy "O‘sish drayverlarini qidirishda jahon sanoat ishlab chiqarishi" strategik sessiyasida so‘zga chiqdi.
“Skolkovo” fondi raisi so‘nggi 2-yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik keskin faollashganini ta’kidladi. Rossiya kompaniyalari birin-ketin O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda.
"Biz respublika rahbariyati bilan ustuvor vazifa bo‘lgan sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar, mutaxassislarni o‘qitish (birinchi navbatda IT sohasida) va sanoatga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildik. Skolkovo respublikaning yetakchi kompaniyalari uchun yuqori texnologiyalar sohasida potensial sheriklarni tanlaydi, meyoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishda yordam beradi, o‘zbek kompaniyalarining Rossiya bozoriga kirish uchun ko‘maklashadi", - dedi Dvorkovich.
6 aprel kuni “Innoprom” doirasida "Raqamli ishlab chiqarish: samarali texnologiyalar va yondashuvlar" sessiyasida sheriklaridan biri “Skolkovo” bo‘ldi. Unda fond vitse-prezidenti, rivojlangan ishlab chiqarish texnologiyalari klasterining ijrochi direktori Aleksey Belyakov ishtirok etadi.
Shu kuni “Skolkovo” innovatsiyalar bo‘yicha bosh vitse-prezidenti Kirill Kay "Pandemiyaga qarshi kurash davrida sog‘liqni saqlash tizimi uchun sanoat" sessiyasida moderatorlik qiladi.