https://oz.sputniknews.uz/20210821/ozbekistonda-ishlab-chiqariladigan-sputnik-v-vaktsinasi-royxatga-olindi-20180800.html
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatga olindi. 21.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-21T19:10+0500
2021-08-21T19:10+0500
2023-04-05T18:34+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sputnik v vaksinasi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/01/19494356_0:68:3114:1820_1920x0_80_0_0_baff99d4dba5f7b523526a4a15f61fc5.jpg
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. O‘zbekiston hukumati Jurabek Laboratories korxonalarida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi “Sputnik V” va o‘zbek-xitoy ZF-UZ-VAC 2001 vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat berdi. Bu haqda shanba kuni e’lon qilingan hukumat qarorida bayon etilgan. "O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Jurabek Laboratories” MChJ QK tomonidan ishlab chiqariladigan ”ZF-UZ-VAC 2001” hamda “Sputnik V” vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlarini, shu jumladan ishlab chiqarish jarayonlariga doir texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, ”ZF-UZ-VAC 2001” hamda “Sputnik V” vaksinalarining substansiyalari va/yoki “in bulk” ishlab chiqaruvchilarining klinik oldi va klinik tadqiqotlari ijobiy xulosalarini tan olgan holda ushbu vaksinalarni, istisno tariqasida, taqdim etilgan hujjat hamda sertifikatlar asosida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin", - deyilgan hujjatda.Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining ekspertizasini besh ish kunida amalga oshirish haqida topishiriq berildi.Bundan avval Jurabek Laboratories boshlang‘ich bosqichda oyiga 2 million doza vaksina ishlab chiqarilishi haqida xabar berilgandi.May oyida Toshkent va Moskva “Sputnik V”ni O‘zbekistonda ishlab chiqarishga kelishib olgandi.29 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev avgust oyidan Olmaliq shahridagi "Jurabek laboratories" korxonasida “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilib, korxonaning texnik imkoniyatlari bilan tanishdi.31 iyul kuni Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RFPI) respublikada “Sputnik V”ning birinchi partiyalari ishlab chiqarilganini xabar qildi. Ishlab chiqarilgan vaksinalar sifatni nazorat qilish maqsadida Gamaleya markaziga yuborilgandi.11 avgust kuni Gamaleya markazidan “Sputnik V” vaksinalarining ilk partiyasi sifati bo‘yicha ijobiy natijalar olingan.
https://oz.sputniknews.uz/20210819/ozbekistonda-emlashning-salbiy-oqibatlaridan-himoyalanishga-qaratilgan-sugurta-mavjud-20156845.html
https://oz.sputniknews.uz/20210818/kelasi-3-oy-ichida-qanday-vaktsinalar-ozbekistonga-olib-kelinadi-20128588.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/01/19494356_299:0:2816:1888_1920x0_80_0_0_b849c2d98b943c44fb33e949216b2b97.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaksinasi, rossiya
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaksinasi, rossiya
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi
19:10 21.08.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatga olindi.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. O‘zbekiston hukumati Jurabek Laboratories korxonalarida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi “
Sputnik V” va o‘zbek-xitoy ZF-UZ-VAC 2001 vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat berdi. Bu haqda shanba kuni e’lon qilingan hukumat
qarorida bayon etilgan.
"O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Jurabek Laboratories” MChJ QK tomonidan ishlab chiqariladigan ”ZF-UZ-VAC 2001” hamda “Sputnik V” vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlarini, shu jumladan ishlab chiqarish jarayonlariga doir texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, ”ZF-UZ-VAC 2001” hamda “Sputnik V” vaksinalarining substansiyalari va/yoki “in bulk” ishlab chiqaruvchilarining klinik oldi va klinik tadqiqotlari ijobiy xulosalarini tan olgan holda ushbu vaksinalarni, istisno tariqasida, taqdim etilgan hujjat hamda sertifikatlar asosida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin", - deyilgan hujjatda.
Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining ekspertizasini besh ish kunida amalga oshirish haqida topishiriq berildi.
Bundan avval Jurabek Laboratories boshlang‘ich bosqichda oyiga 2 million doza vaksina ishlab chiqarilishi haqida xabar berilgandi.
May oyida Toshkent va Moskva “Sputnik V”ni O‘zbekistonda ishlab chiqarishga kelishib
olgandi.29 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev avgust oyidan Olmaliq shahridagi "Jurabek laboratories" korxonasida “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish
yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilib, korxonaning texnik imkoniyatlari bilan tanishdi.
31 iyul kuni Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RFPI) respublikada “Sputnik V”ning birinchi partiyalari
ishlab chiqarilganini xabar qildi. Ishlab chiqarilgan vaksinalar sifatni nazorat qilish maqsadida Gamaleya markaziga yuborilgandi.
11 avgust kuni Gamaleya markazidan “Sputnik V” vaksinalarining ilk partiyasi sifati bo‘yicha ijobiy natijalar
olingan.