Umumxalq hashar: 5 mingdan ziyod xonadon ta’mirlab beriladi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishRekonstruksiya ulis
Rekonstruksiya ulis - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2021
Obuna bo‘lish
Hashar doirasida 5 mingdan ziyod xonadon ta’mirlab berilishi uchun 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Umumxalq hasharda 5 mingdan ziyod xonadon ta’mirlab beriladi
“Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi va 21-avgust – umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari davomida 6 mingdan ziyod ehtiyojmand, 2 mingga yaqin nogiron va yolg‘iz qariyalarga qariyb 800 million so‘mlik moddiy yordamlar ajratilishi rejalashtirilgan.
Bu haqda AOKAda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va "Mahalla" xayriya jamoat fondi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.
Jenshina podmetayet ulitsu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Yigirma birinchi avgust kuni umumxalq hashari bo‘lib o‘tadi
Qayd etilishicha, 21-avgustda tashkil etiladigan umumxalq xayriya hasharida 8 milliondan ziyod fuqaro qatnashishi kutilmoqda.
Hasharda 21 ming gektardan ortiq yer maydonlari obodonlashtirilashtirilishi, qariyb 14 ming tonna maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlash, 8 mingdan ziyod qabristonlar, mingga yaqin ziyoratgohlar obodonlashtirilib, salkam 6 millionta daraxtga shakl berilib, oqlanishi ko‘zda tutilgan.
Bu galgi xayriya xasharida kam ta’minlangan oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilishi rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0