Yigirma birinchi avgust kuni umumxalq hashari bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovJenshina podmetayet ulitsu
Jenshina podmetayet ulitsu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Obuna bo‘lish
Hukumat farmoyishi bilan 2021-yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib belgilandi.
TOShKENT, 18 avg – Sputnik. 21-avgust kuni umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari bo‘lib o‘tadi. Bu borada Hukumat farmoyishi qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xayriya hashari “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Ushbu xayrli tashabbus doirasida mahallalar, aholi yashash xonadonlari, ko‘p qavatli uy atroflari, guzar va xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar, ko‘cha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz yashovchi hamda nogironli mavjud fuqarolar holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari yaxshilanib, uy-joylarini ta’mirlashga ko‘maklashiladi.
Yangiliklar lentasi
0