O‘zbekiston Afg‘onistondan 2 mingga yaqin chet el fuqarolarini evakuatsiya qilishda yordam berdi

© REUTERS / Saeed Ali AchakzaiNa propusknom punkte «Vorota drujbi” v pakistano-afganskom pogranichnom gorode Chaman
Na propusknom punkte «Vorota drujbi” v pakistano-afganskom pogranichnom gorode Chaman - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV axborotiga ko‘ra, 150 nafar Afg‘oniston fuqarosi orqaga qaytarilgan, "Tolibon" ularning xavfsizligini kafolatlagan
TOShKENT, 20 avg - Sputnik. O‘zbekiston qator xorijiy davlatlar ularning fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilish borasida hamkorlik qilmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
Ayni vaqtda Germaniya, Rossiya, AQSh, Shveysariya, Avstriya, Daniya, Polsha, Vengriya, Slovakiya, Qozog‘iston kabi davlatlar bilan aeroport infratuzilmasidan foydalanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, havo hududidan uchish uchun ruxsat olish, uchish va qo‘nish hamda zarur texnik va logistik yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikda sayi-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Uzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2021
O‘zbekistonda urib tushirilgan afg‘on HHK samolyoti uchuvchilari reanimatsiyadan chiqarildi
Xorijiy sheriklar bilan birgalikda xorijiy davlatlar fuqarolari bilan bir qatorda Afg‘oniston fuqarolarini AIRdan oldindan kelishilgan davlatlarga tartibli evakuatsiya qilish bo‘yicha tartibli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
So‘nggi bir necha kun ichida O‘zbekiston hududidan 1982 nafar chet el fuqarolarining evakuatsiyasi ta’minlangan.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Afg‘oniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak
O‘zbekiston hududida qisqa muddat bo‘lib turgan vaqtda evakuatsiya qilinganlarga karantin choralariga qat’iy rioya qilingan holda barcha zarur yordam ko‘rsatilmoqda, shundan so‘ng ular hammasi kechiktirmagan holda belgilangan mamlakatlarga yuborilmoqda.
Bundan tashqari, "Tolibon" harakati vakillari bilan ushbu foijali kunlarda o‘zbek-afg‘on chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan afg‘on fuqarolariga xavfsizlik kafolatlarini olish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilgan.
Situatsiya v Afganistane posle smeni vlasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Toliblar ommaviy afv e’lon qildi va afg‘onlarni ishga qaytishga chaqirdi
Toliblar rahbariyati vakillari bilan ushbu toifadagi shaxslarga nisbatan zo‘ravonlik choralarini qo‘llamaslik, ularni ta’qib qilmaslik va ta’qiblarning oldini olish bo‘yicha erishilgan kelishuvlardan so‘ng 150 nafar Afg‘oniston fuqarosi o‘z xohishiga ko‘ra orqaga, vatanga qaytarilgan.
Afg‘onistonga qaytgan fuqarolarning o‘zidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ularga nisbatan o‘tkazilgan rasmiy protsessual tadbirlardan so‘ng, ularning barchasi uy-uylariga qo‘yib yuborilgan, va ayni vaqtla ular o‘z oilalari davrasida to‘liq xavfsizlikdadir.
Yangiliklar lentasi
0