Toliblar yetakchisi qamoqxonalardagi barcha siyosiy mahbuslarni ozodlikka chiqarishni buyurdi

© AFP 2023Boyevik Talibana* na ulitse v afganskom gorode Gerat
Boyevik Talibana* na ulitse v afganskom gorode Gerat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Obuna bo‘lish
Toliblar rasmiy vakiliga ko‘ra, provinsiyalar rahbarlari "past va oliy martabali barcha siyosiy mahbuslarni so‘zsiz ozod qiladilar". 20-avgust, juma kunidan boshlab ularni qarindoshlariga topshirish boshlanadi.
TOShKENT, 19 avg - Sputnik. "Tolibon"* yetakchisi Xaybatullo Oxunzoda Afg‘onistondagi barcha qamoqxonalardan siyosiy mahkumlarni ozod etish buyrug‘ini berdi, bu haqda Twitter da toliblarning rasmiy vakili Qori Yusuf Axmadiy xabar bergan.
Unga ko‘ra, provinsiyalar rahbarlari "past va oliy martabali barcha siyosiy mahbuslarni so‘zsiz ozod qiladilar". 20-avgust, juma kunidan boshlab ularni qarindoshlariga topshirish boshlanadi.
Boyeviki dvijeniya Taliban (terroristicheskaya organizatsiya, zapreshena v Rossii) v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Afg‘oniston: hodisalar markazi – Qobuldami yoki Panjsherda?
So‘nggi haftalarda toliblar butun Afg‘oniston bo‘ylab shiddatli hujumlarni amalga oshirishni boshladilar, 15-avgust kuni ular Qobulga kirib bordi. Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani respublikani tark etdi. Vitse-prezident Amrullo Solix o‘zini muvaqqat davlat rahbari deb e’lon qildi va afg‘on poytaxtidan shimolda joylashgan hududlarda toliblarga qarshilik ko‘rsatishga urinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0