O‘zbekistonda Xalqaro hojatxonalar sammiti o‘tkazilishi taklif qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBiotualet v Tashkente
Biotualet v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Obuna bo‘lish
World Toilet Organization - WTO (Butunjahon hojatxona tashkiloti) bosh kotibi va asoschisi bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. O‘zbekistonda Xalqaro hojatxonalar sammiti o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi vakillarining World Toilet Organization - WTO (Butunjahon hojatxona tashkiloti) bosh kotibi va asoschisi Jek Lim hamda Xalqaro loyihalar boshqaruvchisi Sarika Saluja o‘rtasidagi onlayn uchrashuvda ma’lum qilindi.
Uchrashuvda sanitariya va gigiyena sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va shu kunga qadar O‘zbekistonda qilingan loyihalar holati bilan tanishtirish maqsadida taqdimot o‘tkazildi.
Jek Lim Xitoy va Hindistonda xorijiy turizm rivojlanishi arafasida Hojatxona inqilobi milliy hukumat dasturini tashkil etish haqida batafsil ma’lumot bergan. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar, avvalo, mahalliy aholi uchun, keyingi navbatda esa xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratish, mamlakat haqida ijobiy fikrni shakllantirishga katta e’tibor qaratgan.
Uchrashuv yakunida vazirlik mas’ullari mazkur tashkilot yetakchi ekspertlarini soha bo‘yicha tegishli fikrlar almashish va tashkilotning 2021-yildagi xalqaro sammitini o‘tkazish masalasini muhokama qilish maqsadida mamlakatga taklif qilgan.
World Toilet Organization 2001-yilning 17-noyabrida Singapurda tashkil etilgan bo‘lib, dunyo bo‘ylab tozalik va sanitariya normalarini ishlab chiqish, hojatxonalar uchun talablar, yangi texnologiyalar tatbiq etish, ularning jamiyat salomatligi va atrof-muhitga ta’sirini o‘rganish kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi.
Biotualet v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2019
Toshkentda 61 ta zamonaviy hojatxona quriladi
Ko‘plab mamlakatlarda milliy loyihalarni shakllantirish, jamiyatda hojatxona mavzusiga bo‘lgan e’tiborsizlikka qarshi kurashish va milliy dasturlarni xorijda targ‘ib qilish ushbu nufuzli tashkilotning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0