https://oz.sputniknews.uz/20210818/otabekov-tan-olinmayotgan-sertifikat-gibrid-vaktsinatsiya-va-pandemiyadagi-saylovlar-haqida---20133960.html
Otabekov tan olinmayotgan sertifikat, gibrid-vaksinatsiya va pandemiyadagi saylovlar haqida
Otabekov tan olinmayotgan sertifikat, gibrid-vaksinatsiya va pandemiyadagi saylovlar haqida
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bosh virusologi Nurmat Otabekov Toshkent viloyatida o‘tkazilgan matbuot-anjumanida emlanganlik sertifikatini tan olish bilan bog‘liq muammolar, pandemiya... 18.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-18T21:25+0500
2021-08-18T21:25+0500
2021-08-18T21:25+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/12/20126959_0:104:1280:825_1920x0_80_0_0_f34ef413f7b2b418fea4ed3afbf72123.jpg
"Jamoaviy immunitetsiz koronavirusni yenga olmaymiz"Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov aytadiki, aholini 70 foizini to‘liq emlamasdan turib, epidemiologik vaziyatning barqarorlashuvining bosh omili sanalgan jamoaviy immunitetni hosil qilib bo‘lmaydi.Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 18 yoshdan yuqori bo‘lgan emlanuvchilar soni 21 455 214 nafarni tashkil qilib, bugungi kunga qadar ushbu kontingentga jami 12390,7 ming doza (1 doza – 8 728,5, 2-doza 2 688,2 ming, 3-doza 974,0 ming) vaksina qo‘llanilgan.Hozirgi kunda respublikada jami 2 433,2 ming doza vaksina zaxirasi mavjud. Shu jumladan ZF-UZ-VAC-2001 - 524,3 ming doza, Moderna - 1 613,6 ming doza, Sputnik V - 3,0 ming doza va AstraZeneca - 292,3 ming doza.Respublikada vaksina uzluksizligini taminlash maqsadida joriy yilning avgust-oktabr oylarida 10 mln doza ZF-UZ-VAC-2001, shuningdek 1,7 mln doza Sputnik V hamda avgust-sentabr oylarida COVAX dasturi doirasida 660 ming doza AstraZeneca, 1,2 mln doza Pfizer vaksinalarini olib kelish rejalashtirilgan.O‘zbekiston poliklinikalarida Sputnik Vning "mahalliy" varianti qachon paydo bo‘ladi?Otabekov bu savolni O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga berish o‘rinliroq bo‘lar edi, deya ta’kidlagan holda, bir narsani ochiq aytadi, tanlangan korxonada liniyalar vaksinani ishlab chiqarishga to‘liq tayyor holatga keltirilgan. “O‘ylaymanki, tez kunlarda koronavirusga qarshi vaksina O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilishni boshladi, degan xabarlarni ham eshitib qolamiz. Bir narsani unutmaslik lozim, O‘zbekistonda vaksina ishlab chiqariladigan bo‘lsa, u xoh Sputnik V, xoh boshqa vaksina bo‘lsin, ommaviy ishlab chiqarishdan oldin sinov tariqasida ishlab chiqarilgan varianti hamkor davlatga yuborilishi kerak. Ya’ni vaksina o‘sha mamlakat standartlariga qanchalik mos ishlab chiqarilganini solishtirish uchun. Shu bois, bu tez bo‘ladigan jarayon emas, bir oz vaqt talab etiladi”, - deydi u.O‘zbekiston bosh virusologining aytishicha, shu kunga qadar Sputnik V vaksinasi, o‘zbek-xitoy hammuallifligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC-2001 vaksinalari bilan qancha odam emlangan bo‘lsa, birorta ham nojo‘ya ta’sirlar qayd etilmagan."Shu bois, ishonib qolamanki, O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan vaksinalar ham xuddi shunday ta’sirga ega bo‘ladi, nega deganda aholining vaksina preparatlariga bo‘lgan ishonchi aynan shunga bog‘liq", - deydi Otabekov.ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasi sertifikati Saudiya Arabistonida qachon tan olinadi?Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozir dunyoda 9,4 milliarddan ko‘proq vaksinalar ishlatilgan bo‘lib, ular 14 xildagi vaksinalardir. Shulardan faqat oltitasigina Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan favqulodda holatlarda ishlatilish bo‘yicha beriladigan tavsiyaga ega (ya’ni sertifikatlar xalqaro darajada tan olinadi).Otabekovning fikricha, aksariyat davlatlarda shu oltita vaksinadan tashqari boshqa turdagi vaksinalar sertifikatini tan olmaslik masalasiga yaqin istiqbolda yechim albatta topilishi shart va bu masala o‘zini uzoq kuttirib qo‘ymaydi. "Saudiya Arabistoni nafaqat O‘zbekiston sharoitida ishlatilayotgan, balki dunyoning 67ta davlatida ma’qullangan Sputnik V vaksinasi sertifikatini ham hozircha tan olgani yo‘q. Diniy idora vakillari bevosita Umra va Haj safarlarini tashkillashtirish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar, Tashqi ishlar vazirligi va Saudiya Arabistonidagi elchixona va konsullik burolari orqali bu masalani muhokama qiladi, oydinlik kiritiladi, albatta. Albatta, qabul qiluvchi davlat o‘rnatadigan tartib oliy sanaladi, u bunga haqli. Biz vaksinatsiya orqali fuqarolarimizda immunitet shakllantirilishiga ko‘maklashdik. Sertifikatlarni tan olish yoki olmaslik masalasi esa, nazarimda, yaqin kunlarda yanada kengroq muhokama qilinadi. Nega deganda, favqulodda holatlarda ishlatilishi bo‘yicha beriladigan tavsiyaga ega oltitagina vaksina sertifikatlarining tan olinishi, qolgan 8 turdagi vaksinalarni qabul qilgan fuqarolar ega bo‘lgan sertifikatlarni tan olmaslik odamlarni xalqaro darajada - davlatlararo harakatlanishida monelik qiladigan bir holat bo‘lib qolishi mumkin", - deya fikr bildirdi Otabekov.Hozircha esa, virusologning fikricha, O‘zbekiston-Xitoy vaksinasini 1-bosqichi bilan emlangan fuqarolar, shu vaksina bilan to‘liq emlanishi talab etiladi. Agar fuqaro reja qilgan davlatning ro‘yxatida bu vaksina bo‘lmasa, to‘liq vaksinatsiyadan o‘tgandan so‘ng 3-6 oy o‘tib, oilaviy shifokorga uchrashishi, organizmdagi hosil bo‘lgan antitanachalar va salomatligi holati baholangan holda mos keladigan turdagi vaksinani olishi mumkin.Takroriy COVID: koronavirusni qayta-qayta yuqtirish mumkinmi?Nurmat Otabekovning aytishicha, koronavirus kasalligini boshdan kechirgan odamda yetarli miqdorda immunitet hosil bo‘lishi kerak, aslida. "Yuqumli kasalliklar bilan bog‘liq qonuniyat bu. Tabiiy jarayon", - deya tushuntiradi virusolog.Ammo kimdir kasallikni yengil o‘tkazgan bo‘lsa, klinik belgilarsiz o‘tkazgan bo‘lsa, yoki qisqa muddatda shu kasallikdan sog‘ayib ketgan bo‘lsa, u holda hosil bo‘lgan immunitetni titri past bo‘lishi mumkin. "Men ba’zan eshitib qolaman, 6-, hatto 7- marta koronavirus bo‘ldim, deydiganlar ham bor. Aslini olganda, bu yolg‘ondan boshqa narsamas. Chunki bir marta kasallanganda hosil bo‘lgan immunitet ishlashi kerak. Xalq orasida emlangandan keyin ham kasallikni yuqtirganlar haqida fikrlar bor. Albatta, emlangandan keyin, ya’ni to‘liq emlangandan keyin oradan 1,5-4 oy o‘tib to‘liq immunitet shakllanadi. Shunday ekan, kasallikka chalinib turib, kasalligimiz borligini bilmasdan emlangan bo‘lishimiz mumkin. Yoki kasallikni immunitet hosil bo‘lmasdan yuqtirib olgan bo‘lishimiz mumkin. Yoki hali to‘liq emlanib bo‘lmasdan (hamma dozalarni olmasdan) profilaktik tadbirlarni unutib qo‘yganimiz uchun kasallikni yuqtirib olgan bo‘lishimiz mumkin", - deya takroriy kovid sabablarini tushuntiradi Otabekov.Gibrid (aralash) vaksinatsiya haqidaHozirda dunyoda vaksinalarga ishonch oshdi, shu bois, jahon miqyosida vaksinalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning quvvati yetishmay, aholining tegishli qatlamini vaksina bilan ta’minlashda uzilishlar ro‘y bermoqda, deydi Otabekov."BSSTning shu paytgacha bo‘lgan tavsiyalarida aholini emlashda qaysi vaksina bilan boshlansa emlash, shu vaksina bilan yakunlash kerakligi ko‘rsatilgan edi. Ammo kelajakda vaksinalarni kombinatsiyalash - gibrid-vaksinatsiyaga ruxsat beriladigan bo‘lsa, BSST bu haqda o‘zining tavsiyasini beradi va bu tavsiyalarda qaysi vaksinalarni birgalikda ishlatish mumkin va qanday ketma-ketlikda ishlatish mumkinligi to‘g‘risida albatta bizlarga ko‘rsatma beradi, va biz o‘sha ko‘rsatmaga asosan ish tutamiz", - deya tushuntiradi Otabekov.Yilning bosh siyosiy tadbiri - prezident saylovlari pandemiya sharoitida qanday o‘tkaziladi?Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekovning aytishicha, yilning asosiy siyosiy tadbirini pandemiya sharoitida munosib o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlangan.Saylov uchastkalariga kelayotgan odamlarni epidemiologik nuqtayi-nazardan xavfsizligini ta’minlash nuqtayi-nazaridan, ular qandaydir kafolatga ega bo‘lishi kerak, deydi suhbatdosh."Bugun ertalab ham aynan shu masalada hududlardagi bo‘linmalar bilan video-konferens aloqaga chiqib, har bir hudud bo‘yicha alohida topshiriqlar berdik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining joylardagi saylov uchastkalarni sanitariya-epidemiologik nuqtayi-nazaridan tayyor holatga keltirish bo‘yicha alohida buyrug‘i ishlab chiqarilgan. Saylov uchastkalariga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha alohida yo‘riqnomalar tayyorlangan va joylarga yetkazilgan. Bizning vazifamiz: saylovni o‘tkazish jarayoniga jalb qilingan barcha ishtirokchilarni emlash orqali, ularda immunitet hosil qilish, qolaversa, saylovchilarning kelishi, ovoz berishi jarayonida ijtimoiy masofani saqlashlari, bir joyda to‘planib qolmasliklari, antiseptik vositalardan foydalanishi, doka-niqoblarda bo‘lishi, tana harorati o‘lchanishi kabi holatlarni bevosita nazoratga olamiz. Barcha profilaktik tadbirlarni amalga oshirish uchun shay holatda turibmiz", - deydi Otabekov.
https://oz.sputniknews.uz/20210818/kelasi-3-oy-ichida-qanday-vaktsinalar-ozbekistonga-olib-kelinadi-20128588.html
https://oz.sputniknews.uz/20210818/moskva-viloyatida-migrantlarni-emlash-boshlandi-20126021.html
https://oz.sputniknews.uz/20201029/Noyabrdan-umra-ziratiga-rukhsat-berilmoda---talablar-aida-batafsil-15282380.html
https://oz.sputniknews.uz/20210817/sputnik-layt-va-pfizer-vaktsinalari-birikmasi-delta-shtammdan-kuchliroq-himoyalashi-mumkin-20105932.html
https://oz.sputniknews.uz/20210809/ozbekistonda-2021-yilgi-prezident-saylovlarida-nimalar-ozgaradi--tafsilotlar-20006201.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/12/20126959_52:69:1073:835_1920x0_80_0_0_818c3e88448cb5e9bc7d315c015e768f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Otabekov tan olinmayotgan sertifikat, gibrid-vaksinatsiya va pandemiyadagi saylovlar haqida
Dilshoda Rahmatova
redaktor
O‘zbekiston bosh virusologi Nurmat Otabekov Toshkent viloyatida o‘tkazilgan matbuot-anjumanida emlanganlik sertifikatini tan olish bilan bog‘liq muammolar, pandemiya sharoitida prezident saylovlari qanday o‘tkazilishi, takroriy kovid, gibrid-vaksinatsiya kabi savollarga javob berdi.
"Jamoaviy immunitetsiz koronavirusni yenga olmaymiz"
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov aytadiki, aholini 70 foizini to‘liq emlamasdan turib, epidemiologik vaziyatning barqarorlashuvining bosh omili sanalgan jamoaviy immunitetni hosil qilib bo‘lmaydi.
"Buning ikkita yo‘li bor. Bittasi – kasallanib, shu immunitetni hosil qilishimiz kerak, ikkinchisi – emlanib. "Kasallanib hosil qilinadigan immunitetni nechog‘lik tahlikali, havotirli yo‘l ekanini hammamiz ko‘rdik. Ko‘p yaqinlarimizni, tanish-bilishlarimizni oramizdan yo‘qotdik. Bundan ko‘rinib turibdiki, bizda yagona yo‘l qolyapti – u ham bo‘lsa emlash orqali vaziyatni barqarorlashtirish", - deydi Otabekov.
Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 18 yoshdan yuqori bo‘lgan emlanuvchilar soni 21 455 214 nafarni tashkil qilib, bugungi kunga qadar ushbu kontingentga jami 12390,7 ming doza (1 doza – 8 728,5, 2-doza 2 688,2 ming, 3-doza 974,0 ming) vaksina qo‘llanilgan.
Hozirgi kunda respublikada jami 2 433,2 ming doza vaksina zaxirasi mavjud. Shu jumladan ZF-UZ-VAC-2001 - 524,3 ming doza, Moderna - 1 613,6 ming doza, Sputnik V - 3,0 ming doza va AstraZeneca - 292,3 ming doza.
Respublikada vaksina uzluksizligini taminlash maqsadida joriy yilning avgust-oktabr oylarida 10 mln doza ZF-UZ-VAC-2001, shuningdek 1,7 mln doza Sputnik V hamda avgust-sentabr oylarida COVAX dasturi doirasida 660 ming doza AstraZeneca, 1,2 mln doza Pfizer vaksinalarini olib kelish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston poliklinikalarida Sputnik Vning "mahalliy" varianti qachon paydo bo‘ladi?
Otabekov bu savolni O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga berish o‘rinliroq bo‘lar edi, deya ta’kidlagan holda, bir narsani ochiq aytadi, tanlangan korxonada liniyalar vaksinani ishlab chiqarishga to‘liq tayyor holatga keltirilgan.
“O‘ylaymanki, tez kunlarda koronavirusga qarshi vaksina O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilishni boshladi, degan xabarlarni ham eshitib qolamiz. Bir narsani unutmaslik lozim, O‘zbekistonda vaksina ishlab chiqariladigan bo‘lsa, u xoh Sputnik V, xoh boshqa vaksina bo‘lsin, ommaviy ishlab chiqarishdan oldin sinov tariqasida ishlab chiqarilgan varianti hamkor davlatga yuborilishi kerak. Ya’ni vaksina o‘sha mamlakat standartlariga qanchalik mos ishlab chiqarilganini solishtirish uchun. Shu bois, bu tez bo‘ladigan jarayon emas, bir oz vaqt talab etiladi”, - deydi u.
O‘zbekiston bosh virusologining aytishicha, shu kunga qadar Sputnik V vaksinasi, o‘zbek-xitoy hammuallifligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC-2001 vaksinalari bilan qancha odam emlangan bo‘lsa, birorta ham nojo‘ya ta’sirlar qayd etilmagan.
"Shu bois, ishonib qolamanki, O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan vaksinalar ham xuddi shunday ta’sirga ega bo‘ladi, nega deganda aholining vaksina preparatlariga bo‘lgan ishonchi aynan shunga bog‘liq", - deydi Otabekov.
ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasi sertifikati Saudiya Arabistonida qachon tan olinadi?
Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozir dunyoda 9,4 milliarddan ko‘proq vaksinalar ishlatilgan bo‘lib, ular 14 xildagi vaksinalardir. Shulardan faqat oltitasigina Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan favqulodda holatlarda ishlatilish bo‘yicha beriladigan tavsiyaga ega (ya’ni sertifikatlar xalqaro darajada tan olinadi).
Otabekovning fikricha, aksariyat davlatlarda shu oltita vaksinadan tashqari boshqa turdagi vaksinalar sertifikatini tan olmaslik masalasiga yaqin istiqbolda yechim albatta topilishi shart va bu masala o‘zini uzoq kuttirib qo‘ymaydi.
"Saudiya Arabistoni nafaqat O‘zbekiston sharoitida ishlatilayotgan, balki dunyoning 67ta davlatida ma’qullangan Sputnik V vaksinasi sertifikatini ham hozircha tan olgani yo‘q. Diniy idora vakillari bevosita Umra va Haj safarlarini tashkillashtirish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar, Tashqi ishlar vazirligi va Saudiya Arabistonidagi elchixona va konsullik burolari orqali bu masalani muhokama qiladi, oydinlik kiritiladi, albatta. Albatta, qabul qiluvchi davlat o‘rnatadigan tartib oliy sanaladi, u bunga haqli. Biz vaksinatsiya orqali fuqarolarimizda immunitet shakllantirilishiga ko‘maklashdik. Sertifikatlarni tan olish yoki olmaslik masalasi esa, nazarimda, yaqin kunlarda yanada kengroq muhokama qilinadi. Nega deganda, favqulodda holatlarda ishlatilishi bo‘yicha beriladigan tavsiyaga ega oltitagina vaksina sertifikatlarining tan olinishi, qolgan 8 turdagi vaksinalarni qabul qilgan fuqarolar ega bo‘lgan sertifikatlarni tan olmaslik odamlarni xalqaro darajada - davlatlararo harakatlanishida monelik qiladigan bir holat bo‘lib qolishi mumkin", - deya fikr bildirdi Otabekov.
Hozircha esa, virusologning fikricha, O‘zbekiston-Xitoy vaksinasini 1-bosqichi bilan emlangan fuqarolar, shu vaksina bilan to‘liq emlanishi talab etiladi. Agar fuqaro reja qilgan davlatning ro‘yxatida bu vaksina bo‘lmasa, to‘liq vaksinatsiyadan o‘tgandan so‘ng 3-6 oy o‘tib, oilaviy shifokorga uchrashishi, organizmdagi hosil bo‘lgan antitanachalar va salomatligi holati baholangan holda mos keladigan turdagi vaksinani olishi mumkin.
Takroriy COVID: koronavirusni qayta-qayta yuqtirish mumkinmi?
Nurmat Otabekovning aytishicha, koronavirus kasalligini boshdan kechirgan odamda yetarli miqdorda immunitet hosil bo‘lishi kerak, aslida. "Yuqumli kasalliklar bilan bog‘liq qonuniyat bu. Tabiiy jarayon", - deya tushuntiradi virusolog.
Ammo kimdir kasallikni yengil o‘tkazgan bo‘lsa, klinik belgilarsiz o‘tkazgan bo‘lsa, yoki qisqa muddatda shu kasallikdan sog‘ayib ketgan bo‘lsa, u holda hosil bo‘lgan immunitetni titri past bo‘lishi mumkin.
"Men ba’zan eshitib qolaman, 6-, hatto 7- marta koronavirus bo‘ldim, deydiganlar ham bor. Aslini olganda, bu yolg‘ondan boshqa narsamas. Chunki bir marta kasallanganda hosil bo‘lgan immunitet ishlashi kerak. Xalq orasida emlangandan keyin ham kasallikni yuqtirganlar haqida fikrlar bor. Albatta, emlangandan keyin, ya’ni to‘liq emlangandan keyin oradan 1,5-4 oy o‘tib to‘liq immunitet shakllanadi. Shunday ekan, kasallikka chalinib turib, kasalligimiz borligini bilmasdan emlangan bo‘lishimiz mumkin. Yoki kasallikni immunitet hosil bo‘lmasdan yuqtirib olgan bo‘lishimiz mumkin. Yoki hali to‘liq emlanib bo‘lmasdan (hamma dozalarni olmasdan) profilaktik tadbirlarni unutib qo‘yganimiz uchun kasallikni yuqtirib olgan bo‘lishimiz mumkin", - deya takroriy kovid sabablarini tushuntiradi Otabekov.
Gibrid (aralash) vaksinatsiya haqida
Hozirda dunyoda vaksinalarga ishonch oshdi, shu bois, jahon miqyosida vaksinalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning quvvati yetishmay, aholining tegishli qatlamini vaksina bilan ta’minlashda uzilishlar ro‘y bermoqda, deydi Otabekov.
"BSSTning shu paytgacha bo‘lgan tavsiyalarida aholini emlashda qaysi vaksina bilan boshlansa emlash, shu vaksina bilan yakunlash kerakligi ko‘rsatilgan edi. Ammo kelajakda vaksinalarni kombinatsiyalash - gibrid-vaksinatsiyaga ruxsat beriladigan bo‘lsa, BSST bu haqda o‘zining tavsiyasini beradi va bu tavsiyalarda qaysi vaksinalarni birgalikda ishlatish mumkin va qanday ketma-ketlikda ishlatish mumkinligi to‘g‘risida albatta bizlarga ko‘rsatma beradi, va biz o‘sha ko‘rsatmaga asosan ish tutamiz", - deya tushuntiradi Otabekov.
Yilning bosh siyosiy tadbiri - prezident saylovlari pandemiya sharoitida qanday o‘tkaziladi?
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekovning aytishicha, yilning asosiy siyosiy tadbirini pandemiya sharoitida munosib o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlangan.
Saylov uchastkalariga kelayotgan odamlarni epidemiologik nuqtayi-nazardan xavfsizligini ta’minlash nuqtayi-nazaridan, ular qandaydir kafolatga ega bo‘lishi kerak, deydi suhbatdosh.
"Bugun ertalab ham aynan shu masalada hududlardagi bo‘linmalar bilan video-konferens aloqaga chiqib, har bir hudud bo‘yicha alohida topshiriqlar berdik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining joylardagi saylov uchastkalarni sanitariya-epidemiologik nuqtayi-nazaridan tayyor holatga keltirish bo‘yicha alohida buyrug‘i ishlab chiqarilgan. Saylov uchastkalariga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha alohida yo‘riqnomalar tayyorlangan va joylarga yetkazilgan. Bizning vazifamiz: saylovni o‘tkazish jarayoniga jalb qilingan barcha ishtirokchilarni emlash orqali, ularda immunitet hosil qilish, qolaversa, saylovchilarning kelishi, ovoz berishi jarayonida ijtimoiy masofani saqlashlari, bir joyda to‘planib qolmasliklari, antiseptik vositalardan foydalanishi, doka-niqoblarda bo‘lishi, tana harorati o‘lchanishi kabi holatlarni bevosita nazoratga olamiz. Barcha profilaktik tadbirlarni amalga oshirish uchun shay holatda turibmiz", - deydi Otabekov.