https://oz.sputniknews.uz/20210818/ozbekistonda-koronavirus-boyicha-vaziyat-murakkabligicha-saqlanib-qolmoqda--atabekov-20127895.html
O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat murakkabligicha saqlanib qolmoqda – Atabekov
O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat murakkabligicha saqlanib qolmoqda – Atabekov
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat murakkabligicha saqlanib qolmoqda - Atabekov. 18.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-18T15:24+0500
2021-08-18T15:24+0500
2021-08-18T15:49+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/12/20126959_0:104:1280:825_1920x0_80_0_0_f34ef413f7b2b418fea4ed3afbf72123.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat murakkabligicha saqlanib qolmoqda, deb aytdi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Nurmat Atabekov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.Ammo oxirgi uch kun ichida kasallik pasayishi tendensiyasi kuzatilmoqda.Atabekov shuningdek, bugungi kunda mamlakatda kuzatilayetgan vaksinalar yetishmovchiligi kabi muammoga to‘xtalib, bugungi kunda bor harakatlar vaksinalar ta’minotida uzilishlarning oldini olishga qaratilganini qayd etdi.Respublika bo‘yicha ro‘yxatga olingan kasalliklarning yoshma-yosh tahlili: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtacha 13 foizni, 15-19 yoshdagilar besh foizni, 20-29 yoshdagilar 18 foizni, 50-59 yoshdagilar 13 foizni, 60 yosh va undan kattalar 14 foizni tashkil etmoqda.Shuningdek, epidemiologik monitoring natijalariga ko‘ra, respublikada 2021-yil 1-apreldan 16-avgust kuniga qadar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning 266 nafari ushbu kasallik bilan qayta kasallangani aniqlangan.Ayni damda Nurafshon shahrida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani boshlandi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Atabekov hamda viloyatning soha mutasaddilari ishtirok etapti.Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi orasida koronavirus kasalligiga qarshi ommaviy emlash jarayonlari borasida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda salbiy muhokamalarga sabab bo‘layotgan joylardagi muammolar yuzasidan ma’lumot berilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210720/ozbek-xitoy-vaktsinasi-otabekov-internetda-tarqalgan-mish-mishlarga-munosabat-bildirdi-19758444.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/12/20126959_52:69:1073:835_1920x0_80_0_0_818c3e88448cb5e9bc7d315c015e768f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi
O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat murakkabligicha saqlanib qolmoqda – Atabekov
15:24 18.08.2021 (yangilandi: 15:49 18.08.2021) O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat murakkabligicha saqlanib qolmoqda - Atabekov.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat murakkabligicha saqlanib qolmoqda, deb aytdi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Nurmat Atabekov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.
Ammo oxirgi uch kun ichida kasallik pasayishi tendensiyasi kuzatilmoqda.
Vaziyatni barqarorlashtirish uchun bizda ikkita yo‘l bor. Biri kasallanib, antitanachalar hosil bo‘lishi, ikkinchisi vaksina olish. Kasallanish bu tahlikali, xavotirli yo‘l bo‘lgani uchun, emlash yo‘lini tanlashimiz to‘g‘ri bo‘ladi.
Nurmat Atabekov
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari
Atabekov shuningdek, bugungi kunda mamlakatda kuzatilayetgan vaksinalar yetishmovchiligi kabi muammoga to‘xtalib, bugungi kunda bor harakatlar vaksinalar ta’minotida uzilishlarning oldini olishga qaratilganini qayd etdi.
Respublika bo‘yicha ro‘yxatga olingan kasalliklarning yoshma-yosh tahlili: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtacha 13 foizni, 15-19 yoshdagilar besh foizni, 20-29 yoshdagilar 18 foizni, 50-59 yoshdagilar 13 foizni, 60 yosh va undan kattalar 14 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, epidemiologik monitoring natijalariga ko‘ra, respublikada 2021-yil 1-apreldan 16-avgust kuniga qadar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning 266 nafari ushbu kasallik bilan qayta kasallangani aniqlangan.
Ayni damda Nurafshon shahrida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani boshlandi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Atabekov hamda viloyatning soha mutasaddilari ishtirok etapti.
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi orasida koronavirus kasalligiga qarshi ommaviy emlash jarayonlari borasida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda salbiy muhokamalarga sabab bo‘layotgan joylardagi muammolar yuzasidan ma’lumot berilmoqda.